BAAning «Al-Jaziyra» klubi va Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov Toşkentning «Lokomotiv» klubi şarafini himoya qiladi. Bu haqda «temiryölçilar» rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, bugun tomonlar özaro kelişuv asosida bir yilga möljallangan şartnomaga imzo çekişgan. Şu tariqa, Sardor Raşidov «Lokomotiv» yangi mavsum oldidan öz safiga qöşib olgan oltinçi futbolçiga aylandi.
Ma'lumot uçun, Sardor Raşidov bunga qadar Jizzaxning «Söğdiyona», Toşkentning «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayiş» va BAAning «Al-Jaziyra» kabi jamoalar safida faoliyat olib borgan.
Eslatib ötamiz, qişki transferlar vaqtida Sardor Raşidov Fransiyaning «Renn» klubida töp surişi haqida xabarlar tarqalgandi.











