Jahon | 09:54 / 04.02.2018
14552
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda haydovchilarga mashina haydashdan voz kechganlik uchun pul to‘lanadi

Foto: EAST NEWS

Pekin hukumati jamoat transporti foydasiga mashina haydashdan voz kechuvchilarni rag‘batlantirish dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda “Sinxua” saytida ma'lum qilindi.  

Dasturga ko‘ra, o‘z mashinasidan foydalanishdan voz kechgan har bir haydovchiga kuniga yarim yuan haq to‘lanadi. Agar Pekindagi avtobus chiptalari narxlari keltirilgan saytlarga ishonilsa, unda haydovchilar bir hafta avtomobil haydash orqali bitta chipta pulini jamlay olishadi.  

Albatta, bunday taklif boyib ketishga, hattoki transport xarajatlarini qoplashga ham imkon bermaydi, biroq xitoyliklarning bunday tashabbuslarga qiziqishi muhimdir. Dasturda ishtirok etish uchun uning mualliflari WeChat messenjeri bilan hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Messenjer bu dastur uchun avtomobil ishlatilmaganini qayd qiluvchi gadjyet chiqardi. Agar avtomobil ishlatilgan bo‘lsa, unda u chiqargan karbonat angidrid miqdori o‘lchanadi. 

Havoning ifloslanishi Xitoy uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Mansabdor shaxslar vaziyatni o‘nglashning turli usullarini qidirmoqdalar. Bunda asosiy yo‘nalishlardan biri transportni elektrlashtirish hisoblanadi. Mamlakatda elektromobil va elektrobuslar ishlab chiqaruvchilar uchun katta imtiyozlar amal qiladi. 

Misol uchun, Xitoyning janubidagi 12 mln kishilik Shenchjen megapolisi jamoat transportini elektr dvigatellarga o‘tkazishni yakunladi. Endi shahardagi birorta avtobus havoni ifloslantirmaydi.

Mavzuga oid