“Yaşil boğ va yaşil jamoat parklarini taşkil etişda öz hissasini qöşayotgan şaxslarni rağbatlantiriş tizimini joriy etiş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Qaror bilan yaşil hududlarni kengaytiriş, yaşil boğ yoki yaşil jamoat parkini, botanika va dendrologiya boğlarini taşkil etiş hamda aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining uşbu jarayonlardagi iştirokini rağbatlantiriş maqsadida “Ekohamkor” maqomini joriy etiş közda tutilmoqda.

Loyihaga köra, kamida 1 000 tup daraxt va buta köçatidan iborat yaşil boğ yoki yaşil jamoat parki taşkil etgan yoki Yaşil xayriya jamğarmasiga kamida 200 million söm xayriya qilgan jismoniy va yuridik şaxslar «Ekohamkor» maqomini olişi mumkin.

Mazkur maqom egalariga yaşil boğ yoki parkka öz nomi yoki taşkiloti nomini beriş, ekologik tadbirlar ötkaziş hamda öz faoliyatini tarğib qiliş huquqi beriladi.

Şu bilan birga, bu huquqlardan foydalaniş jarayonida yaşil hududlarda har qanday quriliş işlarini amalga oşiriş taqiqlanadi.

«Ekohamkor» maqomi har yili tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball töplagan 14 nafar jismoniy va 14 nafar yuridik şaxsga berilişi nazarda tutilgan.

«Ekohamkor» maqomini olganlarga davlat xizmatlaridan foydalanişda 10 foiz çegirma hamda davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan tijorat banklarida iste’mol krediti olişda imtiyozlar beriş taklif etilmoqda.