Yangi tartibga muvofiq, fuqarolar xavfli işlab çiqariş ob’yektlari hamda texnik qurilmalardan foydalaniş jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga foto va (yoki) videomateriallar körinişida taqdim etişi mumkin.

Taqdim etilgan materiallar vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda körib çiqiladi. Huquqbuzarlik holati tasdiqlangan taqdirda, uni aniqlaşga hissa qöşgan şaxslarni rağbatlantiriş mexanizmi qöllaniladi.

Mazkur tartib xavfli işlab çiqariş ob’yektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilişini ta’minlaş, ehtimoliy avariya va baxsiz hodisalarning oldini oliş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikriça, fuqarolarning bunday jarayonlarga jalb etilişi xavfsizlik talablari ijrosi ustidan ta’sirçan jamoatçilik nazoratini şakllantiriş, qoidabuzarliklarni erta aniqlaş hamda ularning oqibatlarini bartaraf etiş imkoniyatini oşiradi.

Yangi tartib 2026 yil 1 avgustdan kuçga kiradi.