Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Real Madrid” o‘z akademiyasidagi o‘yinchilar uchun 30 mln yevrogacha tovon puli belgilaydi
“Real Madrid” ma'muriyati klub akademiyasining tarbiyalanuvchilari bilan tuziladigan sharttomalar tizimini qayta ko‘rib chiqmoqchi. Klub 16 yoshdan boshlab o‘yinchilar bilan shartnomalarga ularning qo‘yib yuborilishlari uchun 30 mln yevro miqdorida tovon puli to‘lash shartini kiritadi. Eng iqtidorli o‘yinchilar uchun tovon puli esa 60 mln yevrogachani tashkil qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Yangi shartnomalarda yosh futbolchilarning maoshi astronomik ko‘rinishda bo‘lmaydi. Ayni vaqtda “Real”ning zaxira klubi “Kastilya” o‘yinchilarining maoshi yiliga 250 ming yevrodan oshmaydi va bu miqdor sezilarli o‘zgarmaydi.