Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu ötgan yilga nisbatan (6,75 milliard dollar) 41 foizga köpdir.

Kuçli uçlikka «Barselona» ($7,5 mlrd) va «Mançester Yunayted» ($7,2 mlrd) ham kirdi. Eng qimmat klublar öntaligida quyidagilar bor: «Liverpul» ($6,2 mlrd), «Pari Sen-Jyermen» ($5,8 mlrd), «Bavariya» ($5,7 mlrd), «Mançester Siti» ($5,5 mlrd), «Arsenal» ($5,4 mlrd), «Çelsi» ($4,2 mlrd) va «Tottenhem» ($3 mlrd).

Forbes reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bölib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bitta klubning örtaça qiymati 2,9 milliard dollarni taşkil etdi, bu 2025 yilga (2,4 milliard dollar) nisbatan 21 foizga köpdir.

Röyxatdagi eng köp vakil Angliya Premer-Ligasidan (APL) - 11 ta klub, undan keyin Şimoliy Amerikaning MLS ligasidan 7 ta klub va Italiya A Seriyasidan 4 ta klub.

Ötgan mavsumda «Real» sönggi beş yil içida birinçi marta sovrinsiz qoldi. Madridliklar Ispaniya çempionatida «Barselona»dan keyin ikkinçi örinni egalladi, şuningdek, 1/8 final bosqiçida «Albasete»ga 2:3 hisobida mağlub bölib, Ispaniya Kubogidagi kuraşni yakunladi. «Real» mamlakat Superkubogida «Barselona»ga yutqazdi (2:3).

Şuningdek, klub ketma-ket ikkinçi yil Çempionlar Ligasi yarimfinaliga çiqolmadi. Jamoa 1/4 final bosqiçida Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazdi.