Napoleon jamoatçilik fikrini mohirona boşqarişning uddasidan çiqqan va bu oxir-oqibat uni taxt sari yetaklagan. Imperatorning köp usullarini bugungi kunda ham qöllaş mumkin. Forbes Napoleon misolida mukammal rahbar qiyofasini yaratişga doir tavsiyalari bilan bölişdi.  

Napoleon Bonapartni PR va tarğibot dahosi hisoblaşadi. Imperator qöpol kuçdan köra aql-idrok ustidan hukmronlik qiliş yaxşiroq natija berişini juda yaxşi bilgan. Napoleon barçani öziga jalb qilişning uddasidan çiqqan. U jamoatçilik fikrini mohirona boşqargan — millionlab fransuzlar uni köklarga kötarişgan. Uning özi esa şunday degan: "Jamoatçilik fikri — bu tulpor, u ba'zan jilovlaşga töğri keladigan darajada qaysar bölişi mumkin".

Napoleon ikki asr avval yaşab ötgan bölsa-da, uning imidjni yaratiş usullaridan hanuz foydalanişadi. Xöş, imperator piarining muvaffaqiyati nimada bölgan va undan özimiz uçun qanday foydali jihatlarni olişimiz mumkin?

Har qanday omma uçun "qadrdon"

Napoleon har qanday ommaning "qadrdoni" bölgan. U öz nutqlari işonçli jaranglaşi uçun askarlar oldida faqat harbiy kiyimda namoyon bölgan. Taxtga ötiriş tantanasida uning egnida dafna gulçambari va qirollik kiyimlari bölgan, bu uning mutlaq hukmronligini bildirardi. Şu tariqa Napoleon oldiga qöygan maqsadlariga qarab öz imidjini nazorat qilişga muvaffaq bölgan. U jangda ğolib bölib, oddiy askarlarning ehtiromiga sazovor bölişi kerak bölgan — harbiy kiyimini kiygan. Zodagonlar orasida esa, aksinça, sözsiz millat yetakçisi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşi talab qilinardi.

Şunday ekan, agar siz axborot tizimidagilarning tadbiriga bormoqçi bölsangiz, öta jiddiy kostyum-şim kiyişga hojat yöq, uni işbilarmonlar bilan uçraşuvlar uçun olib qöying. Suratlar masalasida ham şunday - agar siz muayyan yönalişda iş olib boruvçi OAVda çiqayotgan bölsangiz, auditoriya, boşqa mualliflar, soha yetakçilarini örganing, ularning qanday kiyinganiga e'tibor bering.

Faqat yaxşi narsalar haqida sözlang

Napoleon gazeta va jurnallarning naqadar foydali ekanini tez tuşunib yetgan. Buyurtmaga yozilgan maqolalar mamlakatning muhim muammolarini çetlab ötardi, u qadar ahamiyatga ega bölmagan muvaffaqiyatlar esa ommaga namoyiş qilingan. Yaxşi tanlangan mavzular va syujyetlar sabab Bonapart muammoli vaziyatlarda jamoatçilik fikrini ustalik bilan boşqara olgan.