Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 955 nafar konçini qutqariş bilan boğliq operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. BBC şu haqida xabar berdi.

Konçilar deyarli ikki kun yer ostida qolib ketişgan: çorşanba kuni keçqurun böron natijasida elektr yetkazib beruvçi liniyalardan biridagi nosozlik "Beatriks" oltin konida elektr energiyasi öçişiga olib kelgan. Bu vaqtda elektr ta'minotçilari liftlarga elektr yetkazib berişni tiklaşga harakat qilişgan. 

Liftlardan birini juma kuni tuşirişga muvaffaq bölindi, şundan söng konçilarni qutqarişga muvaffaq bölingan. 

Sibane-Stillwater kompaniyasi vakilining sözlariga köra, konçilarga heç qanday ziyon yetmagan. 

"Hamma soğ-omon, ba'zilar kiçik jarohatlar olişgan va suvsizlikdan aziyat çekişgan", - deydi Sibane-Stillwater vakili. 

Kuni keça tunda konga bir neça tez yordam maşinasi keldi. Qutqarib olingan konçilar joyida oziq-ovqat bilan ta'minlandi, söngra tibbiy tekşiruvdan ötkaziş uçun şifoxonalarga yetkazildi. 

JAR dunyodagi eng yirik oltin eksport qiluvçisi hisoblanadi. Biroq mamlakatning oltin qazib oluvçi sohasida işlar u qadar köngildagidek emas. Faqat 2017 yilning özidayoq JAR toğ-kon sanoatida 80 konçi halok böldi. 

"Beatriks" koni Yoxannesburgdan taxminan 290 kilometr masofada, Velkom şahrida joylaşgan. U Sibane-Stillwater trnasmilliy toğ-kon kompaniyasiga tegişli.