AQŞning SpaceX xususiy kompaniyasi internetda özining yangi Falcon Heavy öta oğir raketasining starti va parvozi animatsion roligini joylaştirdi. Rolikda raketaning start olişi, u ma'lum balandlikka kötarilgaç yon tomonlaridagi tezlaştirgiçlari ajralişi hamda Yerga qaytarilişi aks etgan. Rolikda, şuningdek, kompaniya rahbari Ilon Maskning şaxsiy avtomobili – Tesla Roadster’ning Marsga yetkazilişi namoyiş qilingan.   

Falcon Heavy raketasi ilk parvozini amalga oşiriş vaqti 6 fevral Toşkent vaqti bilan soat 23:30dan 7 fevral soat 2:30gaça davom etadi.

“Falcon Heavy raketasi start olganda, u hozirda qöllaniluvçi eng kuçli raketalardan ikki marta kuçliroq böladi. U orbitaga 64 tonna yuk yetkaza oladi, bu massa bortida yölovçilar, ekipaj va yuk bölgan hamda yoqilği bilan töldirilgan Boeing 737 samolyotidan oğirroqdir. Bu Falcon Heavy’ning eng yaqin raqobatçisi – Delta 4 raketasidan 2 marta kuçliroqdir, degani. Bundan taşqari, parvoz Delta 4’nikidan 3 barobar arzonroqqa tuşadi”, deyilgan rolikda. 

Raketa orbitaga yuk sifatida qizil rangli Tesla Roadster’ni yetkazadi. Maşina ruli oldidan “sun'iy fazogir” joy oladi.

“Sun'iy fazogir – bu SpaceX’ning yangi haşamatli skafandrlaridan biriga kiyintirilgan maneken. Mask uning “fazogiri” butun parvoz davomida avtomobilda ötirib, Devid Bouining qöşiğidan lazzatlanişini istamoqda. SpaceX’ning bu noodatiy yukini koinotga uçirilgan eng antiqa buyumlardan deb ataş mumkin. Kelgusida Mask Marsga rodster bilan birga haqiqiy fazogirni jönatmoqçi va şu tariqa Qizil sayyora mustamlakasi boşlanganini ifodalamoqçi.