Falcon Heavy raketasi Saudiya Arabistoni uçun Arabsat 6A sun'iy yöldoşi bilan ilk tijoriy reysiga jönadi.
Raketa 12 aprel Toşkent vaqti bilan soat 03:35da Kanaveral burnidagi kosmodromdan uçirilgan. Parvoz startidan 7 daqiqa keyin raketa birinçi poğonasining ikkita yon bloki start joyi yaqinidagi maydonçaga muvaffaqiyatli qöngan.
Yana 2 daqiqadan keyin Atlantikadagi barjaga markaziy blok qöngan. “Biz birinçi poğonaning barça uç blokini ilk bor qöndira oldik”, deb aytişgan kompaniya vakillari.
Startdan 9 daqiqa keyin raketa belgilangan orbitaga erişgan.
Arabsat 6A sun'iy yöldoşi Yaqin Şarq, Afrika va Yevropa hududlarida televizion va telefon signallari uzatiş hamda internet uçun möljallangan.
Falcon Heavy raketasi uçun bu parvoz uning 2-parvozi böldi. Uning ilk parvozi 2018 yil fevralida bölib ötgan. Uşbu raketa dunyoda mavjud barça raketalardan eng kuçlisi hisoblanadi.













