AQŞning SpaceX kompaniyasi bortida NASA koinot agentligining ilmiy uskunalari va 152 kişining xoki bölgan Falcon Heavy raketasini fazoga uçiradi. Raketa 24 iyun AQŞning şarqiy vaqti bilan 23:30 da (Toşkent vaqti bilan 25 iyun soat 9:30da) uçiriladi.
        
Orbitaga 24 ta sun'iy yöldoşni olib çiqiş rejalaştirilgan. Business Insider naşrining xabar berişiça, xoklar joylangan kapsulalar sun'iy yöldoşlardan biriga joylanadi.  

Xoklarning yetkazilişi uçun Celestis Memorial Spaceflighs kompaniyasi mas'ul hisoblanadi. Kompaniya avvalroq “Yulduzli yöl” filmi aktyori Jyeyms “Skotti” Doxan, geolog Yujin Şumeyker va boşqalarning xokini fazoga jönatgan. Xizmat narxi bir gramm xok uçun 5 ming dollarni taşkil qiladi.

Avvalroq SpaceX global internet uçun orbitaga 60 ta sun'iy yöldoş olib çiqqan Falcon 9 raketasini uçirgandi. Sun'iy yöldoşlarning barçasi internetga muvaffaqiyatli ulangan.