iPhone X egalari kiruvçi qönğiroq vaqtida smartfon displeyi keç faollaşayotganidan şikoyat qila boşlaşdi. Bu muammo foydalunuvçilarga qönğiroqqa tez javob berişga imkon bermayapti. Bunday yuzlab şikoyatlar Apple’ning qöllab-quvvatlov forumida bildirilgan.

Muammo şundan iboratki, kiriş qönğiroği vaqtida qurilma vibratsiya qilib va kuy çaladi, biroq uning ekrani 6-10 soniyadan keyin faollaşadi, ba'zi holatlarda esa umuman yoqilmaydi. Oqibatda smartfon egalari qönğiroqqa javob beriş uçun ekran yoqilişini kutmoqdalar yoki ba'zida umuman javob bera olmayaptilar.

Financial Times naşrining ma'lum qiişiça, Apple mutaxassislari uşbu muammoni örganmoqdalar. Kompaniyaning qarori qaçon e'lon qilinişi noma'lum.   

Avvalroq Canalys kompaniyasi tahilçilari iPhone X’ni dunyodagi eng xaridorgir  smartfon deb ataşgan. Qurilmadan 2017 yil 4-çoragida 29 mln dona sotilgan. Biroq şunga qaramay, kompaniya smartfonga talab katta emas deb hisoblab, 2018 yil 1-çoragida uning işlab çiqarilişi hajmini kamaytirmoqçi.