Isroil Livan bilan çegarada ajratuvçi devor qurmoqçi. Bu haqda Livan prezidenti Mişel Aunning BMTning Livan böyiça koordinatori Pernil Kardel bilan uçraşuvidan keyingi bayonotida aytilgan.
“Isroil yaqinda “moviy çiziq”ning (BMT tomondan tan olingan, Isroil va Livan örtasidagi çegara) şarqiy va ğarbiy sektorlarida ajratuvçi devor quriş uçun infratuzilma yaratişni boşladi”, deb aytgan Aun.
“Livan “moviy çiziq” Livan va Falastin hududlari örtasidagi xalqaro çegaraga mos kelmaydi, deb hisoblaydi”, deb qöşimça qilgan Livan rahbari.
Isroil Livan çegarasida beton devor qurişni 1948 yilda boşlagan va hanuzgaça öz turar joylari atrofida mudofaa çiziğini yaratib keladi.
Isroilda falastinlik jangarilar yölida tösiqlar barpo etiş terrorga qarşi kuraşişning eng samarali vositalaridan biri deb hisoblanadi va uni “xavfsizlik tösiği” deb ataş ma'qul köriladi.












