Eng yirik texnologiya kompaniyalari - Facebook, Amazon, Alphabet va Netflix’ning bozordagi qiymati 5 fevral kungi savdolar yopilişi yakunlari böyiça 90,7 mlrd dollarga qisqardi. Pasayiş Amerika bozorining umumiy «qulaşi» fonida röy berdi, deb xabar qilmoqda CNBC.
Facebook, Amazon, Alphabet hamda Netflix aksiyalari savdolarning asosiy sessiyasi yopilişida 2,8 dan 5,1 foizga qadar bölgan diapazondagi qisqarişni körsatdi. Bozordagi qiymat böyiça Alphabet holdingi eng katta yöqotişga uçradi - 39,5 mlrd dollar.

Bloomberg Billionaires Index röyxatidagi dunyoning eng badavlat 500 insoni boyligi sönggi sutkada 114 mlrd dollarga qisqardi. 18 milliarderning har biri 1 mlrd dollardan köproq mablağ yöqotgan.
Berkshire Hathaway raisi Uorren Baffett eng katta ziyon kördi – u 5,1 mlrd dollardan ayrildi. Berkshire Hathaway Wells Fargo bankining eng yirik aksiyadori sanaladi, bankning qimmatli qoğozlari narxi esa 9,2 foizga pasaydi.

Facebook rahbari Mark Tsukerberg 3,6 mlrd dollar yöqotdi. Amazon asosçisi va dunyodagi boy inson Jyeff Bezos esa - 3,3 mlrd dollar.
Amerika bozorining keskin pasayişi 2 fevral kuni boşlandi: S&P 500 indeksi bir savdo kunida 2,1 foiz, Dow Jones esa - 2,5 foiz yöqotdi.












