6 fevralda Space X kompaniyasi dunyodagi eng oğir raketa-taşuvçi Falcon Heavy raketasining ilk parvozini amalga oşirdi. Raketa bortiga kompaniya rahbari Ilon Maskning qizil rangdagi Tesla Roadster maşinasi joylaştirildi.

Parvoz muvaffaqiyatli ötdi, deb tan olindi. Raketaning ikki yon tezlaştirgiçi va ikkita ilk poğonalari ajralib, Yerga qaytarildi. Uçinçi poğona yukni Marsga olib boradi.

Raketa Toşkent vaqti bilan 01:45lar atrofida Floridadagi Kennedi nomidagi markaz kosmodromidan uçirildi. Bu yerdan öz vaqtida Oyga “Apollon-11” raketasi jönatilgan.

Raketa içida Tesla Roadster’dan taşqari, uning ruli oldida ötirgan, skafandrga joylaştirilgan fazogir körinişidagi maneken bölgan. 

Maşinaga “Galaktika böylab avtostop bilan” kitobi, “Vahima qilma!” yozuvi bölgan tablo, soçiq joylaştirilgan. Butun parvoz davomida Devid Bouining “Space Oddity” qöşiği kuylab turişi rejalaştirilgan.

Raketa uçirilgandan keyin kompaniyaning raqobatçilari ham, hamkorlari ham Maskni muvaffaqiyatli parvoz bilan tabriklay ketişgan. Bu parvoz muvaffaqiyatli çiqişiga Maskning özi ham oxirigiça işonmagandi.

Raketa yaratuvçilari parvozning muvaffaqiyatli bölişi va avariya bilan tugaşiga imkoniyatlar teng bölişidan ogohlantirgan bölsalar-da, parvoz heç qanday noxuşliklarsiz, rejaga qat'iy amal qilingan holda ötgan: raketa startidan 2 daqiqa ötib uning yon tezlaştirgiçlari, yana bir daqiqadan keyin esa birinçi poğonasining markaziy bloki ajralgan. Parvoz boşlangandan 10 daqiqa ötib ikkinçi poğona ajralgan va yuqori poğona dastlabki orbitaga çiqqan. Bu poğona Tesla Roadster’ni Yerning giperbolik orbitasiga olib çiqişda davom etgan. Kompaniya ğoyasiga köra, raketa Yerning tortiş maydonini tark etgaç, geliotsentrik orbitaga çiqib, uzoq koinotda milliardlab yillar qolişi kerak.

Raketa parvozidan taxminan bir soatdan keyin kompaniya jonli translyatsiyani davom ettirgan va Tesla’ning koinotda parvoz qilayotganini körsata boşlagan. “Mana, maşina Yer orbitasida”, deb yozgan Mask tvitterda. Uning aytişiça, raketaning yuqori poğonasi avtomobil bilan birga Yer magnitosferasida beş soatça qolib, söngra raketa dvigatellari uçinçi marta işga tuşib, Marsga parvozni davom ettirişi kerak. 

Raketa startidan keyin birinçi poğonaning barça uçta tezlaştirgiçi muvaffaqiyatli qöndirilgan: ikkita yon tezlaştirgiç start yaqinidagi maydonlarga qöndirilgan, markaziy tezlaştirgiç esa Atlantika okeanidagi barjaga qönişi kerak bölgan, biroq kompaniya hozirça u muvaffaqiyatli qöndirilgani-yöqligini tasdiqlamadi.