«ALLO, OYI»

Zarbam raqib darvozasi töridan joy olişi hamono, telefonim jiringlaydi. Farqi yöq öşa paytda onam uyda böladimi yoki stadionda, har safar u menga qönğiroq qiladi. Şuning uçun ham, men gol urişim bilan burçakka yuguraman va kaftimni quloğimga tutaman: «Allo, oyijon!»

Foto: Gettyimages.ru

Mançesterga endi kelganimda, köpçilik gollarni nega bu tarzda nişonlaşimga qiziqqan va doim bu haqida söraşardi. Qisqa qilib javob beriş mumkin: men şunçaki onamni yaxşi köraman va u doim menga qönğiroq qiladi. Tamom.

Aslida esa, buning uzoq tarixi bor. Ança uzun tarix, hov öşa men katta orzuli  kiçkina bolakay bölgan paytlarga töğri keladi. Braziliyadagi har bir bolakay kabi. Men kabilar köp edi, lekin aytişim kerakki, omadim kelgan – bir qator superqahramonlarni şaxsan tanirdim. 

SUPeRQAHRAMONLAR YuRTI
Men San-Pauluning Peri Jardim tumanida katta böldim. U yerdagi köpçilik uçun hayot bu – yaşaş uçun haqiqiy kuraş. Onam juda köp işlardi, şuning uçun bizning oilamizda u qadar köp bölmasada, doim yeyiş uçun biror narsa topilardi. Men bilan birga katta bölgan köp örtoqlarimda ahvol çindanam yomonroq bölgan.

Ba'zida ular bir kunda bir mahal, stadionga kelganlarida ovqatlanişardi. Menimça, köpçilik futbol öynaşdan ham köra, şu yerda tekin buterbrod va gazli suv uçun ham kelişardi. Ba'zida öşa buterbrodlar ham bölmas, gazli suv bilan kifoyalanilardi.

Hammasi «Pekeninos»da boşlangan. Bu söz «bolakaylar» ma'nosini anglatadi. Aslida esa, hammasi juda jiddiy bölgan, öylamang, bu Braziliya, suv, plyaj deb, yöq, stadionimiz harbiy qamoqxonaning yonginasida, hammayoq çang, umuman maysa ösmasdi. U yerda bolalardan taşqari, faqat öşa qamoqxona xizmatçilari futbol öynaşardi xolos.

Töqqiz yoşimda döstim Fabino bilan öşa yerga bordik va jamoada öynay olamizmi, yöqmi, qiziqib körmoqçi böldik. Qölimizda butsa, örmon böylab yurib bordik va aynan öşa kuni biz hayotimizni özgartirib yuborgan insonni uçratdik. «Albatta öynay olasizlar, keyingi öyinga kelinglar» - dedi Joze Mamede. U jamoaning bolalar tarkibining murabbiyi ekan.

Heç qanday qoğozbozlik, şartnomalar, heç narsa bölmadi. Çunki bu jamoa bolalar futboli orqali foyda qilişni közlamas, şunçaki, bizga ijobiy hislar ulaşişni niyat qilgandi xolos. Köçadagi bolalarni bir joyga töplaş, heç bölmasa, futbol öynaşsin, biror narsa yeb olişsin, şu. «Pekeninos» – bu klub haqida heç qaçon eşitmagansizlar, lekin aytişim kerak, ular mö'jizalar yaratişadi va yaratişmoqda.