«Mançester Siti» hujumçisi Gabriel Jyezus Angliya çempionatining 21-turi vaqtida «Kristal Pelas»ga qarşi öyin vaqtida jarohat oldi. U şundan söng öz köz yoşlarini tiya olmadi.
Öyinning 12-daqiqasidayoq braziliyalik uşbu yoş forvard tizzasini jarohatlab oldi. Bir neça daqiqa ötib, tibbiy yordam körsatilganidan keyin u maydonga qaytdi, ammo u 24-daqiqada oğriq tufayli öyinni davom ettira olmadi va uning örniga Serxio Aguero maydonga tuşirildi.
Hozirça futbolçining jarohati darajasi ma'lum emas.



Uçraşuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Bu Xosep Gvardiola jamoasining 18 uçraşuvdan iborat ğalabali seriyasi yakunlanişi böldi.










