Özbekistonda eng katta muammolardan biri - bu gidlarning yetişmasligi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.A.Abduhakimov Xalqaro Press-klub tomonidan taşkil etilgan oçiq muloqotda gidlar bilan boğliq muammolar va ularni hal qiliş yöllari, şuningdek yurtimizda audiogidlar xizmatining yölga qöyilişi haqida ma'lum qildi.
"Tarixiy obidalarga gid bilan taşrif buyurgan boşqa, özi sayohat qilgan boşqa. Biz gidlarni tayyorlaş böyiça kollejlarimizga yangi tizimlarni örnatmoqçimiz. Singapur instituti, boşqa OTMlarda gidlarni tayyorlaş kvotasi köpaytirilmoqda", - deydi rais.
Uning sözlariga köra, gidlar, albatta 2-3 ta xorijiy tillarni bilişi kerak, zero bizda içki sayyohlardan taşqari, taşqi sayyohlar ham bor.
Şu örinda turizm sohasida işlaş istagida bölgan yoşlarga murojaat qilindi. "Yaxşi iş topmoqçi bölsangiz, çet tili va tarixni örganişingiz kerak, yaxşi bilişingiz kerak". Yurt tarixini boşqa tillarda ham qiziqarli qilib yetkaza oladigan va barçani birdek jalb qila oladigan gidlar hamişa talabgor böladi.
Bundan taşqari, tadbirda audiogidlar haqida söz yuritildi. "Biz smart-turizmga katta e'tibor qaratyapmiz. Bu işlarni davlat va xususiy sektor hamkorligida amalga oşiriş mumkin. Audiogidlar böyiça bir kompaniya bilan hamkorlikni yölga qöydik. Ularga barça tarixiy obidalarimiz haqida matnlar berdik, şu matnlar çiroyli qilib öqilib, joriy turistik mavsumda audiogidlar xizmatidan foydalaniş mumkin böladi", - dedi A.Abduhakimov.









