2017 yilda Afğonistonda köknor ekilgan yerlar maydoni 2016 yilga nisbatan 60 foizga köpaygan. Bu haqda Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov TASS axborot agentligigiga bergan intervyusida ma'lum qildi.     
 
Kabulovning ta'kidlaşiça, köknor şirasi – opiy işlab çiqariş esa 90 foizga oşgan va “rekord” natija bölgan.  

Kabulov Afğonistonda xavfsizlik bilan boğliq vaziyat ham murakkablaşganini qayd qilib ötgan. “Bir qator yirik teraktlar bölib ötdi. Ular orasida Balx viloyatida 2017 yil 21 aprelda armiya korpusi bazasiga hujum alohida ajralib turadi. Bu terakt 250 dan köproq harbiyning ölimiga olib kelgan. Şuningdek, may oyida Kobulda yuk maşinasi portlatilişi va şialarga qarşi bir qator teraktlar bölgan”, deb aytgan Kabulov.