Sudan prezidenti Umar al-Başir Port-Sudan şahrining suv bilan ta'minlanişi loyihasi amalga oşirilişi boşlanganini ma'lum qildi. 

Loyihaga muvofiq, Nil daryosi özani özgartiriladi. Bu daryo suvlarini port şahriga yönaltiriş imkonini beradi. 

“Nil özani al-Ubaydiyadan Port-Sudan tomon yönaltiriladi. Bu borada qaror qabul qilingan. Loyiha bilan boğliq masalalar hal qilinmoqda”, deb aytgan prezident. 

Uning aytişiça, Xartum loyihaga zaruriy moliyaviy kömakni körsatişga tayyor.

Al-Başir Port-Sudanning muhimligi haqida gapira turib, bu port nafaqat Sudanga, balki Efiopiya, Janubiy Sudan, Çad va butun Markaziy Afrika uçun muhimligini qayd qilgan. Uning aytişiça, uşbu davlatlar öz mahsulotlarini aynan Port-Sudan orqali import-eksport qiladilar.

“Biz Port-Sudanni Qizil dengizdagi eng muhim portga aylantirib, uni Afrikaning Şanxa  yi qilmoqçimiz”, deb aytgan Sudan prezidenti.

Port-Sudanda içimlik suvi yetişmovçiligi kuzatilmoqda. Şaharning suv bilan ta'minlanişi loyihasi Nil uzoqda joylaşgani sababli uzoq vaqt körilgan.

Nil suviga Misr va Sudan da'vogarlik qiladi. Misr Sudanni Nil daryosida töğon qurgan Efiopiyaga yordam berişda ayblamoqda.