Xalqaro aksilterrorçilik koalitsiyasi kemalari oxirgi 3 oy içida Arabiston dengizida bir milliard dollarlik giyohvand moddani uşlab qolişdi. Bu haqda 8 fevralda AQŞ qurolli kuçlarining markaziy qömondonligi (SeNTKOM) matbuot xizmati ma'lum qildi. SeNTKOM tezkor javobgarligi hududiga Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika va Markaziy Osiyo kiradi.  

Ta'kidlanişiça, Bahraynda joylaşgan 150-tezkor birlaşma kemalari ötgan yil noyabridan boşlab kemalarni közda keçirganda 16 tonnadan köproq gaşiş, 1,5 tonna geroin moddalarini aniqlab, musodara qilişgan. Bu miqdordagi giyohvand moddalarning qora bozordagi narxi bir mlrd dollarga yetadi. Oxirgi gaşiş partiyasi 6 fevralda Pokiston harbiy-dengiz kuçlari kemasi tomondan uşlangan. Uşbu partiya qiymati 197 mln dollardan köproq 5 tonna gaşişdan iborat bölgan.

Xalqaro koalitsiya kemalarining 150-tezkor birlaşmasi Arabiston va Qizil dengizlarida, Adan va Ummon körfazlari, Hind okeanining Afrika şoxi yaqinidagi qismida jinoiy va terrorçilik guruhlariga qarşi kuraşiş uçun taşkil etilgan. 2002 yildan patrul nazorati olib borişni boşlagan. Ayni vaqtda bu birlaşmaga 9 ta davlat – AQŞ, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Kanada, Pokiston, Fransiya va Yaponiya kemalari kiradi. 

Qömondonlik rotatsiya qilib turiladi: har 4-6 oyda bir davlatdan ikkinçisiga ötadi. Patrullaş 16 ta kema tomondan amalga oşiriladi.