Qiş mavsumi tugab bormoqda. Odatda bu mavsum aksari özbekistonliklar xotirasida elektr energiyasi va tabiiy gazdagi muammolar bilan muhrlanib qoladi. Buni KUN.UZ tahririyatiga deyarli har kuni keladigan murojaatlardan ham anglaş mumkin. Keling, ularning ayrimlari bilan yaqindan tanişamiz.

Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanidan kelgan murojaat:
“Assalomu alaykum. Men Qaşqadaryo viloyati, Mirişkor tumani, Çandir qişloğidanman. Mana, Xudoga şukr, şu yil qişda elektr energiyasi ança yaxşi yonayapti. Faqat bir muammo bor. Ayni keçki ovqatga ötirgan payt çiroq öçadi, şundan söng keçki 10 larga borib yonadi. Şanba va yakşanba kunlari bunday holat kuzatilmaydi. Aytmoqçi bölganim, elektr ta'minotini kunning boşqa paytida öçirsa bölmaydimi? Işdan çarçab kelib hordiq çiqarmoqçi bölganda yoki oila davrasida ötirganda çiroqning öçişi kişini xunob qiladi”.
Andijon viloyatining Asaka tumanidan kelgan murojaat:
“Assalomu alaykum KUN.UZ’Ning jonkuyar xodimlari. Men sizlarga Andijon viloyati, Asaka tumanidan yozayapman. Gap şundaki, umuman oganda, bizda xaliyam heç nima özgarmagan. Prezidentimizning yonib gapirişlarini körib, “Ux, ana xaqiqat. Mana endi Xudo xohlasa xammasi yaxşi böladi”, deyaverib oradan bir yil ham ötib ketibdi. Bizda esa hamon gaz yöq. Elektr ta'minotidagi 20 yillik muammolar hamon bor. Internet masalasiga kelsak, “Öztelekom” optik tolalarni ötkazişni boşlagandi, lekin bu işlar ham ölda-jölda qolib ketdi.
Şu desangiz, bir yarim sotixda 4 oila yaşaymiz, jami 11 kişi. Uç aka-uka, Xudoga şukr, işlaymiz, hunarmandmiz. Ammo arzon uy-joylarni olomayapmiz. Bu borada portalga ham yozdik, ammo hokimiyat arzon uylar haqida tuşuntiriş olib borib, yuborilgan murojaat ijobiy hal etildi, deb qöl qöydirib olişdi. Doimgidek qoğozda hal. Hayotda-çi?”.

Farğona viloyatining Beşariq tumanidan kelgan murojaat:
“Assalomu alaykum. Men Soliyev Muslimbek Farğona viloyati, Beşariq tumani “Yangiqörğon” MFYdan yozyapman. Iltimos, bu xatim e'tiboringizdan çetda qolmasin.











