Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari Isroil harbiy-havo kuçlarining bir neçta samolyotlariga zarbalar bergan. Isroilliklar samolyotlari Suriya markaziy qismidagi harbiy bazaga hujum qildi. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi öz harbiy manbalariga asosan xabar bermoqda.
Agentlik xabarida röy bergan hodisa tafsilotlari keltirilmagan. Aniqlik kiritilişiça, Isroil tomonidan “tajovuzkorlik akti” bugun ertalab kuzatilgan. Suriyalik harbiylar bunga javoban “bittadan köp” samolyotga zarba berişgan.
Şu bilan birga, Isroilning Haaretz naşri xabariga köra, mamlakat şimolida F-16 qiruvçisi qulagan, unga Suriya hududi uzra zarba berilgan. Har ikki uçuvçi omon qoldi.
Gazeta ma'lumotlariga köra, şanbaga ötar tunda Isroil hududida Eronning droni aniqlangan. Isroilliklar uni urib tuşirişgan. Şundan söng Isroil Mudofaa armiyasi “Suriyadagi Eron obektlariga” hujum qilgan. Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari harakati natijasida Isroilning bir qiruvçisi yöqotilgan. Bundan taşqari, Isroilning qator tumanlarida havo trevogasi tizimi işga tuşgan.












