Germaniya terma jamoasi 2018 yilgi Olimpiadaning ilk kuni natijalariga köra medallar hisobida yetakçilik qilmoqda. Terma jamoasi hisobida 2 ta oltin medal bor.   

2-örinni Niderlandiya terma jamoasi egallamoqda. Uşbu davlat sportçilari bittadan oltin va bronza hamda 2 ta kumuş medalni qölga kiritişgan.

Şvetsiya va Janubiy Koreya bittadan oltin medalga ega bölib, 3-4-örinlarni bölişişmoqda.

5-örinni 3 ta kumuş va bitta bronza medal qölga kiritgan Norvegiya terma jamoasi egallamoqda.

Keyingi örinlarni bittadan bronza medallariga ega Rossiya, Finlyandiya, Çexiya terma jamoalari egallamoqda.

2018 yilgi Olimpiadaning ilk oltin medalçisi şvetsiyalik çanğiçi Şarlott Kalla böldi. U skiatlon (7,5 km klassik yuriş+7,5 km konkiça yuriş) yönalişida ğolib böldi.