Abdulla Qahhorning «Öğri» degan hikoyasi bor. Yodingizdadir? Qobil boboning hökizini ömarib ketişadi. Bormagan teşigi, kalla urmagan eşigi qolmaydi. Lekin hökiz topilmaydi.

Şunga öxşaş voqea XXI asrda Farğona viloyatida ham röy berayapti. «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da viloyatda erişilayotgan yutuqlar, yangi zavodu fabrika, texnologiyalar va innovatsiyalar haqida emas, viloyat va tuman hokimligi darajasida bunday mayda voqealar röy berayotganini yozayotganimni qarang.

Farğona viloyati, Oltiariq tumani, «Qiziltepa» MFYda yaşovçi Hasanboy Yunusov va uning qöşnisi Rahmatjon Abduqahhorovga tegişli 65 boş qöy Oltiariq tuman IIB tomonidan haydab ketilgani, qöylar fermerning ekin maydoniga kirgani uçun tegişli jarimalar tölatilgani, yetkazilgan zarar qoplatilgani, lekin ularning qöyi ğoyib bölgani, oradan 20 kundan ziyod vaqt ötayotgan bölsa-da, ular qöylarini qaytarib olişolmayotgani haqida oldin ham xabar bergan edik.

Abdulla Qahhornig hikoyasida aminning «Ha, hökizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borişi — arbobning izzati böladi!» degan gaplari bor. Farğonalik mutasaddilarda izzat ölgur neçoğlik ekanki, şunça arz bilan ham iş bitmayapti.

Biz voqea tafsilotlarini söraş va ayni vaziyat qandayligini biliş uçun jabrlanuvçi Hasanboy Yunusov bilan boğlandik va uni savollarga tutdik.

Uning aytişiça, 20 yanvar kuni u va qöşni Rahmatjon Abduqahhorov 65 qöyni Oltiariq tuman «Qiziltepa» MFY hududidagi «Şohimardonsoy» fermer xöjaligi yonidagi zovur yoqasida boqişayotganda sovliqlardan biri tuğa boşlaydi. U bilan andarmon bölib qolişganda, qöylarning bir qismi fermer xöjaligiga qaraşli ğalla dalasiga kirib ketadi.

Voqea ustiga Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev kelib qoladi. U telefonda Oltiariq tuman hokimi X.Niyozov va tuman IIB boşliği I.Saydinovni voqea joyiga çaqiradi va çora körişni tayinlab, ketadi.

«Salla desa kallani opkeladi», deydilar. Viloyat hokimining topşiriğini «a'lo darajada» bajariş, salla desa kallasi bilan yulib yuboriş mana şunaqa böladi: