«Adolat» sotsial-demokratik partiyasining naşri — «Adolat» gazetasining rasmiy saytida Farğona viloyati, Oltiariq tumani, «Qiziltepa» MFYda yaşovçi Hasanboy Yunusovning xati e'lon qilindi.

Rözğor tebratiş uçun uyda qöy boqib, sotuvçi, biroq yigirma kundan buyon oilasining tinçi buzilganini bayon qilgan H.Yunusov bölib ötgan voqea tafsilotlarini quyidagiça ifodalaydi:

«2018 yilning 20 yanvar kuni soat 16:00 da qöşnilarim Rahmatjon Abduqahhorov va Raim Qodirov bilan qöylarimizni «Qiziltepa» MFY hududidagi «Şohimardonsoy» fermer xöjaligi yonidagi zovur yoqasida boqayotgan edik. Bir sovliq tuğa boşladi. Biz şu bilan ovora bölib qolibmiz. Qöylarning bir qismi fermer xöjaligiga qaraşli ğalla ekilgan maydonga kirib ketibdi.

Şu voqea ustiga tuman hokimi va IIB boşliği kelib qoldi. Qöylarga e'tiborsiz bölganimiz uçun ming puşaymon ekanimizni bildirsak-da, IIB boşliği va mahalla noziri qöylarni haydab ketdi.

Joriy yilning 22 yanvar kuni Oltiariq tuman ma'muriy sudi uşbu işni körib çiqib, aybimizga iqror ekanimizni hisobga olib, har birimizga jarima belgiladi. Uni vaqtida töladik. Bundan taşqari, «Şohimardonsoy» fermer xöjaligiga yetkazilgan zarar — 1.320.000 sömni ham öz ixtiyorimiz bilan qoplab berdik. Heç kimda bizga qarşi da'vo qolmaganidan söng qöylarni sörab, tuman hokimi X.Niyozovga uçraşdik. Hokim buva «qöylaringizni bilmayman», dedi. IIB boşliği I.Saydinov qabuliga bordik. U ham qöylarning taqdiridan bexabar ekanini, bu iş bilan şuğullanmasligini bildirdi.

Uşbu masalada yordam sörab viloyat hokimi huzuriga borişga jazm etdik. Afsuski, hokimning qabuliga kiritiş uyoqda tursin, dardimizni ham eşitişni istaşmadi. Şundan buyon qöylarni oliş ilinjida qilgan murojaatlarimiz havoda qolib ketmoqda. Nahotki, mening aybim bilan oila a'zolarim, qöşnim Rahmatjon va Raimlarning farzandlari kam-köstini but qilib kelgan 65 boş qöy öz-özidan «yöqolib» qolsa?

Hududimizda oila boqiş uçun heç qanday işlab çiqariş korxonasi va iş örni yöq. Köpçilik işsiz. Yoşlar iş qidirib Rossiyaga borişadi. Borolmaganlar esa mol va qöy boqib, rözğor tebratadi.

Yuqorida ta'kidlaganimdek, men ham şu iş ortidan farzandlarimni voyaga yetkazayapman. Afsuski, şuni ham bizdan tortib olişdi. Sizlardan iltimos, menga va qöşnilarimga tegişli qöylarni olişda yordam bering. Biz yöl qöygan xatomizdan ming bora puşaymonmiz», — deb yozadi H.Yunusov yordam istab.

Tahririyatdan: