Smartfonsozlikda hozirgi kunda ommalaşgan trendlardan biri – qurilmaning asosiy kamerasi qöşaloq obektivga ega bölişidir. Agarda şunday telefon öziga xos dizaynli metall va şişa korpusda bölsa, tağin törtinçi avlod uyali aloqasi – 4G tarmoğini qöllab-quvvatlasa yanada yaxşi. Bordi-yu şunaqa zamonaviy smartfonning narxi ham çöntakbop bölsa-çi?
Xullas kalom, bugun sizga taniştirmoqçi bölganimiz – MDC brendi ostidagi Prime Lite deb nomlangan innovatsion modeldir. Keling, uning xususiyatlariga birma-bir nazar solamiz.
Metall ramkali özgaça dizayn
Smartfonning selfi-kamerasi uning old yuzasida, ekranning tepasida bölişiga közingiz könikib qolganmi? Old kamerasi boşqa joyga ötkazilgan smartfonni heç tasavvur qilib körganmisiz? Ana şunaqa özgaça dizaynning barça afzalliklariga MDC Prime Lite modelida guvoh bölişingiz mumkin. Axir, uning old kamerasi old panelning pastida, çap burçakda joylaşgan!

Şuning evaziga ekranning yuqorisi hamda ikki yon çekkalari romsiz dizaynga ega. Displeyning tepasida yoruğlikni aniqlaş va yaqinlaşuv datçiklari, şuningdek, suhbatlaşuv dinamigi örin olgan, xolos.

MDC Prime Lite ramkasi töliq metalldan işlangan, bu esa hozirgi zamonda qurilma mustahkamligining muhim körsatkiçlaridan biridir. Uning orqa panelida asosiy kameraning tikka joylaşgan ikkita moduliga közimiz tuşadi. Ulardan çap tomondagi LED-çaqnoq esa kam yoritilgan şaroitlarda ham ajoyib suratlar olişga imkon beradi.
Darvoqe, telefonning ölçamlari 138x73.2x8.6 millimetrni, vazni esa 160 grammni taşkil etadi – kaftingizga şunday ajoyib örnaşadiki, buni söz bilan ta'riflaş qiyin!
HD aniqligidagi ramkasiz displey – kinoteatr naq kaftingizda!
Smartfonning foydalanuvçi bilan bevosita muloqotda böluvçi muhim qismlaridan biri, şubhasiz, uning ekrani hisoblanadi. Şu sababli ham işlab çiqaruvçilar qurilmaning mana şu jihatiga alohida e'tibor qaratişadi.

MDC Prime Lite ham mana şu tamoyildan çekkada qolmagan – u diagonali 5.2 dyuymga teng IPS-displey bilan jihozlangan. Displeyning tasvir aniqligi esa HD formatida, ya'ni 1280x720 pikselni taşkil etadi. Bunaqa ekran burçak ostida ham yuqori sifatli suratlarni ranglari buzilmagan tarzda yetkazib bera oladi. Şuningdek, Prime Lite displeyi filmlarni va boşqa kontentni tomoşa qilişga ham qulay – naq mobil kinoteatr, deysiz!
Qöşaloq kamera: dunyoga özgaça nigoh
Mobil suratkaşlikda keyingi paytlarda urfga kirgan jihatlardan biri – orqa fonni xiralaştirgan va asosiy urğuni kerakli obektga qaratgan holda portret rejimida rasmga oliş imkoniyatidir. Bunga erişiş uçun esa smartfonning asosiy kamerasi ikkita obektivga ega bölişi kerakli şartlardandir.

MDC Prime Lite smartfoni mana şu jihati bilan ham maqtana oladi – uning zamonaviy texnik ta'minoti tufayli eng maqbul sifatli fotosuratlar olişga heç qiynalmaysiz! «Jonli» selfilar qiliş, ekranga bittagina tegiş orqali kameraning çeksiz imkoniyatlaridan foydalaniş – bular endi ança osonlaşdi!
Smartfonning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapikselli ikkita sensorni öz içiga oladi. Old kamera datçigi ham köngildagidek – 8 megapikselli bölib, uning yordamida siz ajoyib selfilar tuşirişingiz mumkin.
Ma'lumotlaringiz mustahkam muhofazada!
Uşbu smartfonni xarid qilib, siz hamişa qöl ostingizda 16 gigabaytlik diskka ega bölasiz – MDC Prime Lite içki xotirasi aynan aynan şunday hajmga ega. Agarda buni kam, desangiz – microSD-karta yordamida uning xotirasini naq 128 gigabaytgaça kengaytiriş imkoni mavjud.
Bunday diskka endi istagança ma'lumotlar bemalol siğadi. Smartfon yordamida olingan suratlar-u videolar, şuningdek internetdan yuklab olingan yoki USB 2.0 porti orqali köçirib ötkazilgan musiqalar, kliplar va kinofilmlar – barçasini smartfoningizda saqlay olasiz.

Xöş, bu kabi ma'lumotlaringizning maxfiyligini ta'minlaş uçun siz smartfonni qanday usulda himoyalaysiz? Grafik kalit deysizmi, parol yoki kodli sözmi – bu usullarning barçasini MDC Prime Lite modeli qöllab-quvvatlaydi.
Şuningdek, zamonaviy usul – barmoq izi skaneri orqali foydalanuvçi şaxsini tasdiqlaş texnologiyasi ham bu smartfonga tatbiq etilgan. Uning daktiloskopik skaneri ekran ostidagi «Uyga» tugmaçasiga integratsiya qilingan bölib, juda aniq va tez işlaydi.
Takomillaştirilgan texnik ta'minot
MDC Prime Lite smartfonining «içki dunyosi», ya'ni texnik xususiyatlari ham ançayin ilğor. Unga 1.3 gigagers takt çastotasida işlovçi törtta yadroli MT6737 protsessori örnatilgan. Ikki gigabayt hajmga ega tezkor xotira bilan birgalikda u smartfonning samaradorligini ajoyib tarzda ta'minlaydi.

Ilğor texnologiyalar tatbiq etilganligi evaziga bu devays uyali aloqaning 3G hamda 4G standartlarini qöllab-quvvatlaydi. Smartfonga ikkita SIM-karta tuşadi, u Android operatsion tizimining 7 (Nougat) talqini boşqaruvi ostida işlaydi. MDC brendi özining Prime Lite qurilmasiga 2750 mA/soat siğimli akkumulyator örnatgan.
Narxini aytmaysizmi, narxini...
Smartfon qora va moviy rangli korpusga ega talqinlarda foydalanuvçilarga taqdim etilmoqda. Quvonarli jihati – şunça ilğor xususiyatlarga hamda özgaça dizaynga ega bölsa ham, MDC Prime Lite smartfoniga 900 000 söm atrofidagi narx belgilangan!

MDC Prime Lite modelini ayni paytda qora va kök ranglarida xarid qilişingiz mumkin. Bundan taşqari, MDC brendi ostidagi smratfonlarga işlab çiqaruvçi tomonidan 1 yillik kafolat xizmati ham taqdim etiladi. Xullas, mazkur modelni xarid qilib, bir vaqtning özida bitta öq bilan ikkita quyonni urgan bölasiz: kam xarajat qilasiz, ammo sifatli va kafolatli smartfon sohibiga aylanasiz!
Facebook: www.facebook.com/mdcmobileuzbekistan
Telegram: https://t.me/mdc_mobile_uzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/mdcmobileuzbekistan
Reklama huquqi asosida











