Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya bilan o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 3 mlrd dollargacha yetkaziladi
Koreya Respublikasi O‘zbekistonning strategik hamkori sanaladi. Ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmi oshib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasi tashkil etilgan O‘zbekiston-Koreya Respublikasi biznes muloqoti davomida ma'lum qildi.
“Har ikki davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 3 mlrd dollargacha oshirishni rejalashtirganmiz. Preferentsial savdo haqida shuni aytishim mumkinki, 2017 yilning noyabrida O‘zbekiston mahsulotlarini yetkazib berish borasida shunday savdo masalalarini o‘rganib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Bu borada tegishli ishchi guruhlari tashkil etilmoqda. Umid qilamanki, bugun bu bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkaziladi”, - deya aytib o‘tdi Jamshid Xo‘jayev.
Ma'lumot uchun: mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmi ayni damda 1 mlrd dollar atrofida. Bugungi kunda O‘zbekistonda koreys kapitali ishtirokida 461 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 386 tasi qo‘shma korxona, 75 ta korxona esa 100% koreys kapitali hisobidan tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirda qatnashgan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026