Farğona şahriga ança yillardan beri kelmagan kişi, vodiy markazidagi kentning bugungi körinişidan hayron qolişi aniq.

Sönggi yillar davomida şahar qiyofasi butunlay özgardi. Tor, öydim-çuqur köçalar örnida keng, ravon yöllar qurilib, pastakkina uylar öz joyini zamonaviy arxitektura tamoyillari asosida bitkazilgan köpqavatli muhtaşam binolarga böşatib bergan. Şaharning qaysi burçagida bölmang, jadallik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik işlariga közingiz tuşadi.

Yangilaniş işlari uzluksiz davom etib, kundan-kun özgarayotgan şahardan quriliş sohasidagi kamçiliklar böyiça KUN.UZ tahririyatiga kelgan murojaatga e'tibor qaratdik.

“Harakatlangan har qanday jism markazga qarab intiladi”, degan ibora bor. Boşqa joylarda bölgani kabi bizning “qahramonlarimiz” ham Farğona şahrining qoq kindigidan namunali tipdagi yangi uy olmoqçi bölişgan. Töğri-da, yaşaş şaroiti va boşqa imkoniyatlar çekkaroq joydan köra, markazda nisbatan yaxşiroq, axir. Lekin biroz yolğonçi  quruvçining gapiga işongan fuqarolar “çuçvarani sal pişmasdan oldin sanab qöygani” keyin ma'lum böldi.

Alişer Navoiy şoh köçasidagi 3-B köpqavatli uy  haqiqatda Farğona şahrining markazida joylaşgan. Ayni paytda mazkur uyga şoh köça tomonidan qarasangiz, körinişidan juda körkam, çiroyli ekanligiga guvoh bölasiz. Lekin uning hovli tarafiga ötganingiz sari butunlay boşqa manzara. Nomiga bitkazilgan köp qavatli uy. Tört yil oldin kvartiralari yaşaş uçun sotila boşlagan uy hozir aftodahol holatda. Namunali deya ataluvçi 3-B uyda yaşovçilar tomonidan uyning avariya holatda ekanligi böyiça ariza berilmagan joy qolmabdi. Samara esa umuman yöq.