Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik 23 yaşar yigit militsiya söroğidan keyin öz joniga qasd qildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolada keltirilgan holatlar Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi tomonidan örganildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
 
Ma'lum bölişiça, fuqaro Ismoiljon Baltabayev öz arizasida 2017 yilning fevral oyida “Haj”ga borişi yuzasidan yordam beriş uçun Abduraxim Sattarovga 1700 AQŞ dollari, 11 mln. söm pullari va fuqarolik pasportini berganligini, lekin Abduraxim Sattarov turli bahonalar bilan ziyoratga jönatişga yordam bermasdan, pullarini ham qaytarmaganligini bayon qilingan.

2018 yilning 22 yanvar kuni soat 18.25da fuqaro Abduraxim Sattarov tergov bölimiga çaqirtirilib, u bilan suhbat ötkazilganda, Ismoiljon Baltabayevdan 1700 AQŞ dollari, 11 mln. söm pullarini qarzga olganligini va pullarni qaytariş uçun Qozoğiston Respublikasiga borib işlab kelganligini bildirib, Ismoiljon Baltabayevning fuqarolik pasportini tergov bölimi suriştiruvçisi Ğ.Ismonovga qaytarib bergan.

Qöşimça tergovga qadar tekşiruv davomida fuqaro Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasportida 2017 yilning oktabr-noyabr oylarida Qozoğiston Respublikasiga çiqib kelganligi haqida qozoq tilida yozilgan muhr bosilgani aniqlangan. Muhrning haqiqiyligini tekşiriş maqsadida, Abduraxim Sattarovning fuqarolik pasporti tegişli tartibda hujjatlaştirilib olingan va şu kuni soat 18.45da Andijon şahar IIB binosidan çiqarib yuborilgan.

2018 yilning 23 yanvar kuni soat 04.00da Andijon viloyati tez tibbiy yordam şifoxonasidan Andijon şahar IIB navbatçilik qismiga kelib tuşgan xabarga asosan, Abduraxim Sattarov yaşaş xonadonida köp miqdorda “Dimidrol” tabletkalarini içib olganligi va huşsiz holda oila a'zolari tomonidan şifoxonaga olib borilgani ma'lum bölgan.

Fuqaro Abduraxim Sattarovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.