Joriy yilning mart oyida Seul şahrida Özbekiston-Koreya savdo uyi oçiladi. KUN.UZ muxbiri 13 fevral kuni Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi tomonidan taşkillaştirilgan Özbekiston-Koreya yiğilişda berilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Tadbirda ta'kidlanişiça, Koreyada Özbekistonning meva va sabzavotlariga, xususan gilos, anor, qovun va boşqalarga bölgan talab oşib bormoqda. 

"Bugungi kunda Özbekistonda yiliga 18 million tonna turli tabiiy organik meva va sabzavotlar yetiştiriladi. Şu munosabat bilan biz Koreya bozoriga tovarlarni töğridan-töğri yetkazib berişni taşkillaştiriş uçun yanada qulay şaroitlar yaratilişidan manfaatdormiz. Biz Koreya tomondan gilos va anorga nisbatan joriy qilingan taqiq bekor qilingani uçun minnatdormiz. Şuningdek tez orada qovun eksportiga nisbatan joriy qilingan taqiqlov ham bekor qilinişiga umid bildiramiz. Öz tomonimizdan körsatilgan mahsulotlarni talab darajasidagi sifatda, kerakli hajmda va hamyonbop narxlarda yetkazib berişni ta'minlaşga tayyormiz. 

Şu munosabat bilan Özbekistonda zamonaviy laborotoriyalarga ega karantin infratuzilmasini yölga qöyişni taklif etamiz va bu loyihalarning rivojlaniş uçun rasmiy yordam liniyasi böyiça KOICA agentligi hamkorligida amalga oşirilişiga umid qilamiz. Ta'kidlaş joizki, bojxona import tölovlarining yuqori stavkasi ham Özbekiston meva-sabzavotlarini Koreyaga yetkazişga tösqinlik qiladi. Şu bois yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida bu sifatli mahsulotlarni Koreyaga yetkazib beriş uçun joriy qilingan bojxona tölovlarini kamaytiriş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilamiz", - dedi taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev.