29.01.2018 yildagi ÖRQ–463-son Qonun bilan jinoyat işlari böyiça sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta körib çiqiş tartibi birmunça özgartirildi. Jinoyat-protsessual kodeksga tegişli tuzatişlar «Xalq sözi» gazetasida e'lon qilingan va 1.04.2018 yildan kuçga kiradi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Bugungi kunda yangi oçilgan holatlar munosabati bilan faqat prokurorning protesti böyiça iş nazorat tartibida qayta körilişi mumkin. Buning uçun törtta asos JPKning 522-moddasida körsatilgan. Ulardan uçtasi haqiqat qaror topişiga xalal bergan jinoiy qilmişlardir. Ular sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan tasdiqlanadi. Ya'ni JPKning 522-moddasi 1-3-bandlaridakörsatilgan holatlarning har biri böyiça prokuror yangi jinoyat işini qözğatadi, u mustaqil ravişda tergov qilinadi va körib çiqiladi. Ular böyiça çiqarilgan hukm uşbu holatlar ta'sir ötkazgan birinçi işni nazorat tartibida qayta körib çiqiş uçun asos hisoblanadi. Törtinçi asos (JPKning 522-moddasi 4-bandi) prokuror tomonidan mustaqil ravişda yoxud uning topşiriğiga köra tergovçi yoki suriştiruvçi tomonidan tergov qilinadi.  

Yakunlarga köra, nazorat tartibida qayta körib çiqilayotgan iş sudga yöllanadi. Unga prokuror protesti va, qayta körib çiqiş asoslariga qarab, qonuniy kuçga kirgan hukm nusxasi (JPKning 522-moddasi 1-3-bandlari böyiça) yoki tergov materiallari (JPKning 522-moddasi 4-bandi böyiça) ilova qilinadi.

2018 yil 1 apreldan boşlab yangi oçilgan holatlar munosabati bilan quyidagi jarayon iştirokçilarining şikoyati böyiça ham jinoyat işi nazorat tartibida qayta körilişi mumkin:

• mahkumning, uning himoyaçisining, qonuniy vakilining;
• jabrlanuvçining yoki uning vakilining;
• fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning va ularning vakillarining – fuqarolik da'vosiga taalluqli qismida;
• sud tomonidan oqlangan şaxsning, uning himoyaçisining va qonuniy vakilining – oqlaş vajlari va asoslari qismida.

Bunda amaldagi tartib bekor qilinmaydi va işlaşda davom etadi. Şu tariqa, yangi oçilgan holatlar munosabati bilan işni qayta köriş ikkita ssenariy böyiça: prokuror tomonidan protest berilişi vositasida yoxud prokuror tomonidan protest berilmasdan jarayon iştirokçisining şikoyati böyiça amalga oşirilişi mumkin.

Nazorat tartibidagi şikoyatda quyidagilar körsatilişi kerak: