Samarqand viloyati, Kattaqörğon şahridagi paxta tozalaş zavodida gaz portlaşi oqibatida ikki kişi halok bölgan. Bu ma'lumot KUN.UZ manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Bizga xabar berişlariça, paxta tozalaş zavodining quritiş sexida gaz töplanib qolişi natijasida portlaş röy bergan. Halok bölganlarning biri 1960 yilda tuğilgani, ikkinçisi yoşroq yigit ekanligi ma'lum.

Tahririyatimizga voqea joyidan fotosuratlar ham jönatilgan. Undan körinişiça, portlaş oqibatida bino devorlari va tom qismi qulagan.
Manbaning ma'lum qilişiça, sex yaqindagina xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinganlik böyiça tekşiruvdan ötkazilgan bölgan. Portlaş aynan nima sababli kelib çiqqani haqida hozirça rasmiy ma'lumotlarga ega emasmiz.
KUN.UZ uşbu voqea yuzasidan aniqlaştirilgan yangi ma'lumotlarni keyinroq sizlarga taqdim etadi.












