Mamlakat elçixonasi kömagida Özbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boşliği Jamşid Karimov boşçiligidagi delegatsiyaning Polşaga xizmat safari uyuştirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Taşrif doirasida Polşa Infratuzilma vazirligi Avtomobil transporti departamenti direktori Renata Rixter bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda Özbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va Polşa Infratuzilma vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti boş inspeksiyasi örtasida xalqaro avtomobilda yuk taşiş sohasida özaro manfaatli hamkorlik, xususan Polşaning bu boradagi ilğor tajribasini respublikada joriy qiliş masalalari körib çiqildi.
Delegatsiya a’zolari Groyets şahridagi tekşiriş joyiga taşrif buyurib, Polşa Avtomobil transporti boş inspeksiyasi vakillari bilan birgalikda reyd tadbirlarida iştirok etdi. Vazn va hajm parametrlari, haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimiga amal qilişi, şuningdek, xalqaro yuklarni taşiş uçun ruxsatnomalarni tekşiriş jarayoni böyiça Polşa tajribasi örganildi.
Bundan taşqari, Tixi şahrida Infolab Narloch kompaniyasi rahbari Pşemislav Narlox bilan muzokaralar ötkazildi. Unda uşbu korxona bilan birgalikda Özbekistonda haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimini nazorat qiladigan taxograf qurilmalarini (kardrider va Tachospeed axborot tizimi) işlab çiqariş böyiça investitsiyaviy loyihasini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.













