Internetda Bentley Continental GT maşinasi katta tezlikda pensioner boşqarayotgan maşinaga kelib urilgani videosi paydo böldi.

Voqea Britaniyadagi Amerşem şahridagi köçalardan birida yuz bergan. Pensioner maşinasi videoregistratoriga olingan uşbu voqea videosi bilan Daily Mail naşri bölişdi.

Ford Kuga maşinasini boşqarayotgan 74 yoşli erkak tor köçada röparadan kelayotgan maşinalarni ötkazib yuborib, özi sekin-asta harakatlanişni boşlaganda röparasidan Bentley maşinasi katta tezlikda “uçib çiqib”, uning maşinasiga kelib urilgan. Buning oqibatida Ford ağdarilib ketib, yöl çetidagi devor tomon otilib ketgan. Töqnaşuv jiddiy bölganiga qaramay, qariya deyarli jarohat olmagan.

Aniqlanişiça, töqnaşuv vaqtida haşamatli maşina 130 km/soatdan kattaroq tezlikda kelayotgan bölgan. Vaholanki, bu köçada ruxsat berilgan tezlik 30 km/soatni taşkil qilgan. Bentley egasi qoçib ketgan, biroq uni maşinasida qolgan qon izlari böyiça topişga muvaffaq bölingan. U qançalik darajada jarohat olgani ma'lum qilinmagan.

Erkak 2017 yil kuzida maşinani xavfli boşqargani va yöl-transport hodisasi joyidan qoçişga uringanini tan olgan. U yanvar oyida 14 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Şuningdek, qoidabuzarga 4 yil 7 oy davomida maşina boşqariş taqiqlangan.   

Bentley Continental GT 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt içida erişa oladi.