Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida davom etayotgan Qişki olimpiada öyinlari bugun davom ettiriladi.

Bugungi bahslarda jami 9ta medallar jamlanmasi öynalişi közda tutilgan bölib, ayni vaqtga qadar uçta turda ğolib va sovrindorlar nomi aniq böldi. Figurali uçişning jamoaviy bahslarida Germaniya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmagan bölsa, toğ çanğisida norvegiyalik, gigant slalomda esa amerikalik sportçi terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medallarni taqdim etdi.

Bugun esa keça ötkazilmay qolgan turlar ham davom ettiriladi. Jumladan ayollar va erkaklar örtasida Biatlonda individual poyga musobaqasi ğoliblari aniqlanadi. Çanği poygasida esa ayollar erkin usulda ğalaba uçun kuraş olib borişadi.

Olimpiada-2018
Pyongçang, Janubiy Koreya
15 fevral kuni öynaladigan barça medallar jamğarmasi

Figurali uçiş
Juftlik bahslari

1. Alyona Savçenko – Bruno Masso (Germaniya)
2. Vengjin Suy – Tsun Xan (Xitoy)
3. Megan Dyuamel – Erik Redford (Kanada) 

Toğ çanğisi
Tezkor tuşiş
Erkaklar
1. Aksel Lund Svindal (Norvegiya)
2. Ketil Yansrud (Norvegiya)
3. Beat Foyts (Şveytsariya)

Gigant slalom
Ayollar
1. Mikaela Şiffrin (AQŞ)
2. Ragnhild Muvinkel (Norvegiya)
3. Federika Brinyone (Italiya)

Snoubord
Erkaklar
Snoubord-kross
Boşlangan vaqti – 7:00

Çanği poygalari
Ayollar
10 km, erkin usul
Boşlaniş vaqti – 11:30

Biatlon
Individual poygalar
Ayollar – 13:15
Erkaklar – 16:20

Konkida yuguriş
10 000 metr
Erkaklar – 16:00

Çana sporti
Aralaş jamoaviy bahslar
Boşlaniş vaqti – 17:30

Medallar jamğarmasi böyiça reyting (oltin, kumuş, bronza, jami)
TOP-5

1. Germaniya – 8-2-3 (13)
2. Niderlandiya – 5-4-2 (11)
3. AQŞ – 5-1-2 (8)
4. Norvegiya – 4-7-3 (14)
5. Kanada – 3-4-4 (11)