Çempionlar ligasining eng yulduzli juftligi birinçi öyinni ötkazdi. Öyin atrofida jadal muhokamalar boşlanib ketdi. Unai Emeridan mağlubiyat Zidanni iste'foga yöllaşi mumkin edi, ammo «Qirollik klubi»ning irodali ğalabasi vaziyatni keskin özgartirdi.
Çempionlar ligasi, 1/8 final. Birinçi öyin
ReAL - PSJ - 3:1 (1:1)
Gollar: Rabo, 33 (0:1). Ronaldu, 45 - penalti (1:1). Ronaldu, 83 (2:1). Marselu, 86 (3:1).
Real: Navas, Naço, Varan, Serxio Ramos, Marselu, Modriç, Kroos, Kazemiru (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Benzema (Beyl, 68), Kriştianu Ronaldu.
PSJ: Areola, Dani Alves, Kimpembe, Markinyus, Berçiçe, Verratti, Lo Selso (Draksler, 84), Rabo, Mbappe, Kavani (Mene, 66), Neymar.
Ogohlantirişlar: Neymar, 15. Lo Selso, 25. Isko, 33. Rabo, 64. Naço, 78. Mene, 90.
Javob öyini - 7 mart.
Ötgan yil dekabrida «Real» Amirliklarda navbatdagi sovrinni qölga kiritgandi. Madridliklar yarim finalda mahalliy «Al-Jazira»ni, finalda esa Braziliyaning «Gremio» klubini mağlub etdi hamda sayyoraning eng kuçli klubi maqomini saqlab qoldi.
Öyindan keyingi matbuot anjumanida «Real» ustozi öziga işonç bilan gapirdi. Bu uning töliq bölmagan ikki yilidagi sakkizinçi sovrin bölgandi: Ispaniya çempionligi va Ispaniya Superkubogi, Çempionlar ligasidagi ikki ğoliblik, ikki UYeFA Superkubogi va ikki marta klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibligi. Rekord grafik.
«Real»ning öşa öyindagi ğalaba goliga Kriştianu Ronaldu muallif bölgandi. U öyindan keyin maqtana boşladi, hatto «Barselona» manziliga atalgan sözlarini bildirdi. «Real» öşanda ikki kun ötib «Barselona»ga qarşi öynaşi kerak edi: «Barselona» biz uçun «çempionlik yölagi» qilsa yaxşi bölardi. Men şuni istayman. Umid qilamanki, biz çempionlik uçun kuraşni öz foydamizga hal qilamiz. Biz endi öz kuçimizga yanada köproq işonmoqdamiz».
... Katalonlar klubi koridor taşkil etişmadi. Buning örniga «Santyago Bernabeu»da 3:0 hisobida ğalaba qilib ketişdi va «Real» bilan oradagi farqni 14taga yetkazişdi. Keyinroq «Real» «Selta» va «Vilyarreal»ga yutqazdi, «Leganes» madridliklarni Ispaniya Kubogidan çiqarib yubordi. Amirliklardagi ğalabadan keyingi pafos ğoyib böldi, hamma Zidanning iste'fosi haqida gapira boşladi. «PSJ»ga qarşi öyin uning taqdirini hal qilişi bilan ham ahamiyatli edi.


















