Temur Kapadze Özbekiston terma jamoasiga vaqtinçalik boş murabbiy etib tayinlandi. «Lokomotiv» murabbiylar ştabida işlab kelayotgan mutaxassis KUN.UZ muxbiriga yangi lavozimdagi ilk intervyusini berdi.
— Töğrisi bu özim uçun ham kutilmagan yangilik böldi. Bugun ÖFAga çaqirişib, menga mana şunday mas'uliyatli lavozimga tayinlaş niyatida ekanliklarini aytişib, taklif berişdi. Oldinda turgan uçta örtoqlik uçraşuvda jamoani boşqarib turişimni söraşdi. Milliy terma jamoada uzoq yillar öynaganim uçun, ularni yaxşi bilişimni hisobga olişganligini aytişdi.
Ular xorijdan murabbiy kelişini, keyinçalik unga yordamçi murabbiy bölib qolişimni aytişdi. Yangi keladigan murabbiyga jamoani içidan biladigan mutaxassis yordamçi bölişi kerakligini aytişdi.
Albatta bundan juda xursand böldim va qölimdan kelgan barça işni qilişimni aytdim. Mana şunday işonç bildirişgani uçun ÖFA prezidenti Oçilboy Ramatovga va 1-vitse-prezident Umid Ahmadjonovga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Töğrisini aytsam hozir özimda hayajon ham bor. Çunki bu kutilmagan taklif böldi. Yaqindagina futbolçilik faoliyatimni tugatib, endi murabbiylikni boşlaganimda mana şunday mas'uliyatli işni bizga topşirişdi. Har qanday holatda ham bunday lavozimga taklif qilişsa, özingda qandaydir hayajonlarni his qilarkansan. Lekin orqaga yöl yöq, xudo xohlasa hammasi yaxşi bölişi uçun harakat qilamiz. Hozir murabbiylar ştabini şakllantirib olişim kerak.
Menga Özbekiston terma jamoasini bölajak Osiyo çempionati va Qatarda böladigan JÇ-2022 yölida hozirdan tayyorgarlikni boşlaşi va örtoqlik öyinlariga ham şu musobaqaga tayyorgarlik sifatida asosan yoşlarga e'tibor qaratişimni söraşdi. Hozirdan bir narsa deyiş qiyin. Çunki bu lavozimga tayinlanganimni endi eşitdim. Buyoğiga reja tuzib olib iş boşlaymiz. Faqat bir narsani aytişim mumkin: Özbekiston terma jamoasi uçun qölimdan kelganiça, kerak bölsa, yuragimdan barça işni qilişga tayyorman. Çunki bu butun boşli millat jamoasi. Özbekiston futboli obrösini kötariş va muxlislarni xursand qiliş uçun borimni berib işlayman. Nafaqat men, balki barça mas'ullar bu yölda mehnat qilişadi deb öylayman. Oldimizga faqat yuqori maqsadlar qöyilgan. Har bir musobaqada faqat eng yuqori örinlarni egallaşimiz kerak. buning uçun bor kuçim bilan işlaşga harakat qilaman. Özbek futboli uçun jonimni jabborga berib mehnat qilişga tayyorman.
— Yangi lavozimga kirişiş va murabbiylar ştabini şakllantiriş uçun ma'lum vaqt oldingizmi?
— Albatta, menga terma jamoada birga işlaydigan murabbiylar ştabini şakllantirib oliş uçun bir-ikki vaqt berişdi. Hozirda bu borada öylaşni boşladim. Hozirça özim öylab qöygan bir-ikkita nomzodlar bor. Ular bilan gaplaşib olişim kerak. Çunki ularning bu taklifga javobi qanday bölişini bilmayman. Murabbiy sifatida tajribam kam, çunki endi iş boşladim bu yölda. Şu bois yordamçi murabbiy sifatida tajribaliroq mutaxassisni tanlaşni közlab turibdi. Şundan söng terma jamoa uçun nomzod bölgan futbolçilardan iborat kengaytirilgan tarkibni qölimizga olamiz va şundan söng bölajak öyinga tayyorgarlik köramiz.
— Bu savolni berişga ertadir, lekin baribir hozirdan öylab köriş kerak bölgan masala. Özbekiston terma jamoasi va U-23 terma jamoasi ikki kun oraliğida (25 mart kuni U-23, 27 mart kuni milliy terma jamoa öynaydi — Tribuna.Uz izohi) örtoqlik uçraşuvlari ötkazadi. Buyoğiga istaysizmi, yöqmi milliy terma jamoa özagini şu futbolçilar taşkil qilişi kerak. Ikki kunda bir yöla ikki uçraşuvda iştirok etib bölmaydi. Bunda qanday yöl tutmoqçisiz?
— Albatta bu masalani U-23 terma jamoasi murabbiylari bilan birgalikda gaplaşib olamiz. Milliy terma jamoaga qaysi futbolçi kerak, yoşlar jamoasiga kimlar kerak. Şunga qarab kimdir milliy terma jamoada, kimdir U-23 safida öynaşi mumkin. Milliy terma jamoa safida öynaşi mumkin bölgan futbolçilar köp. Bu ortiqça muammo bölmaydi deb öylayman.
Sözim söngida menga mana şunday kutilmagan va mas'uliyatli lavozimni işonib topşirgan ÖFA prezidenti Oçilboy Jumaniyazoviç Ramatov va Umid Ahmadjonovga öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman. Ularning yuzini yerga qaratmaslikka harakat qilaman va özbek futboli uçun qölimdan kelgança xizmat qilaman.
Intervyuning töliq körinişini video talqinida tomoşa qilişingiz mumkin.
Azamat Murodov suhbatlaşdi.












