Joriy yilning 1 martidan boşlab tizimli ravişda umumiy örta ta'lim maktablarining 1-sinflari haftalik öquv davomiyligi 5 kun bölgan öqiş jarayoniga ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ning Xalq ta'limi vazirligidagi manbasi xabar berdi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşidagi manbaning bildirişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 11-sonli yiğilişi bayoni bilan şunday özgariş joriy etilmoqda.
5 kunlik öqiş jarayoniga ötilişi munosabati bilan ota-onalar va keng jamoatçilik örtasida bu borada tarğibot tadbirlari amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, hozir 1-sinf öquvçilari beş kunlik öqiş tartibiga ötkazilsa, keyingi öquv yilidan boşlab 5-sinfgaça bölgan öquvçilar ham bu jarayonga jalb etiladi.
Tarğibot tadbirlari davomida asosan ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olişlariga, oilani jipslaştiriş, ota-onalar va farzandlar örtasida mehr-oqibatni rivojlantiriş hamda çin ma'nodagi oilaviy an'analarni vujudga keltiriş, madaniy tarixiy obidalarga birga sayohat uyuştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.












