Avstraliya ğarbida kenguru yoş ovçining jağini sindirdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
19 yoşli ovçi Joşua Xaydenning aytişiça, u maşinadan kengurularni öqqa tutayotganda, kengurular uning maşinasiga hujum qilişgan. Kengurulardan biri maşina peşoynasiga sakrab çiqib olgan. U sakraş vaqtida ovçining jağiga tegib ketgan. Ovçi zarbadan huşini yöqotgan.
U 30 soniyaça behuş bölgan. Öziga kelgaç esa uni maşina orqasida ötirgan ukasi urdi, deb öylagan. Mahalliy şifoxonada yigitning jaği singani aniqlangan. Şifokorlar yigitning yuzi kuçli şişib ketgani sababli jarohatini 10 kundan keyingina operatsiya qila olişlarini ma'lum qilişgan.













