Avstraliyada mamlakatdagi eng katta suzuvçi quyoş stansiyasi işga tuşirildi. Uning quvvati 100 kVtni taşkil qiladi. Stantsiya oqova suvlarni tozalovçi korxonada örnatilgan va unga 2023 yilgaça tiklanuvçi energiyaga töliq ötişga yordam beradi. Bu haqda Clean Technica xabar bermoqda. 

Suzuvçi stansiya Lismor şahridagi East Lismore korxonasida joylaşgan. Uning quvvati hozirça unça katta emas, biroq kelgusida bu quvvatni 5 martaga oşiriş rejalaştirilmoqda. 

Oqova suvlarni tozalovçi zavod şahardagi energiyani eng köp sarflovçi korxona bölib, yiliga 1,57 mln kVt-soat energiya sarflaydi. Bu şaharda işlatiladigan umumiy elektr energiyaning 27 foizini taşkil qiladi. Stantsiya obektning elektr energiyaga ehtiyojini 12 foizga qoplaydi (yiliga 178,5 ming kVt-soat) va yiliga 24 ming dollar tejaşga imkon beradi. Stantsiyaga ketgan xarajatlar 11,6 yilda qoplanadi. Şuningdek, quruqlikda örnatiluvçi 5 MVtli quyoş elektr stansiyasi quriş ham rejalaştirilgan.  

Stantsiya past haroratlarda işlay oladi, bu samaradorlikni oşiradi va buğlanişni kamaytiradi. Suzuvçi quyoş stansiyasi texnologiyasi 1200 ta qalqi (poplavok), 280 ta quyoş fotoelektr moduli va 15 ta langarni öz içiga oladi.

Ayni vaqtda eng yirik suzuvçi quyoş stansiyalari Yaponiyada (13,7 MVt) va Xitoyda (70 MVt) qurilmoqda