Marketing va reklama sohasining eng yirik tadbiriga aylanib ulgurgan Adweek-2018 haftaligi joriy yilning 26 fevralidan 2 martga qadar Toşkent şahrida bölib ötadi. Haftalik doirasida körgazma, anjuman va Adweek tanlovi kabi tadbirlarning bölib ötişi rejalaştirilgan. KUN.UZ sayti mazkur haftalik oldidan taşkilotçilar bilan suhbatlaşişdi. Xususan, Milliy marketing markazi korxonalar uyuşmasi boşqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov Adweek haftaligi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
- Adweek haftaligi ikkinçi marta ötkazilyapti. Bu tadbirning paydo bölişiga marketing sababçi bölgan. Bugun heç kim bozor iqtisodiyotini rad etmayapti. U, albatta, bölişi kerak. Çunki usiz mamlakat iqtisodiyoti ösişini tasavvur qila olmaymiz. Ammo marketingning ham öz örni bor, biz aynan şu sohaga e'tiborni köproq jalb etiş uçun mazkur tadbirni taşkillaştirganmiz.
Bu haftalikning yaxşi bir xususiyati bor – xususiy sektor, davlat sektori ikki tomonlama özaro manfaatli aloqalar şakllanadi. Quvonarlisi uşbu haftalik taşabbusi bilan çiqqanimizda, köpçilik buni qöllab-quvvatlab çiqqan, çunki haqiqatan ham bu köpçilik tadbirkorlarga zarur tadbir hisoblanadi.
Yaqinda ötkaziladigan haftalikning tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. U bir neçta bosqiçda amalga oşiriladi. Xorijlik reklama marketing sohasi mutaxassislari taşrif buyurib, master klass ötib berişga va hamkamlar ha'yati sifatida iştirok etişga rozi bölişgan.

Diyor Mirzaahmedovning ma'lum qilişiça, uşbu haftalik Milliy marketing markazi tomonidan taşkillaştirilmoqda. Uşbu markaz Adliya vazirligida röyxatdan ötgan bölib, bir yarim yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Markaz marketing va reklama yönalişida iş olib borayotgan korxonalar hamkorligida taşkil etilgan.
- Milliy marketing markazining asosiy maqsadi marketing sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etib, Özbekistonda uşbu sohani rivojlantiriş borasida işlar olib borişdir.
Har bir işning boşlanişida, albatta, öziga xos qiyinçiliklar böladi. Adweek haftaligi ham xuddi şunday bölgan. Quvonç bilan aytişim mumkinki, bu yil ötgan yillarga qaraganda mazkur tadbir salohiyati ikki baravar ösgan.











