Rejissyor Martin Makdonaxning "Ebbing, Missuri çegarasidagi uç bilbord" kartinasi Britaniya kino va telesan'at akademiyasining (BAFTA) "Eng yaxşi film" nominatsiyasida ğalaba qozondi.

Mukofotni topşiriş marosimi yakşanba kuni Qirollik Albert-Hollida bölib ötdi.

Kriminal drama amerikalik Mildred Heys haqida hikoya qiladi. U öz qizining zörlanişi va öldirilişi böyiça jinoiy iş yuzasidan suriştiruvlar tiklanişiga erişmoqçi böladi. Boş qahramon öz muammosiga huquqni muhofaza qiluvçi organlar va jamoatçilik e'tiborini tortiş uçun şahar çetidan uçta reklama ustunini ijaraga olib, u yerda boş şerifga çaqiriqni joylaştiradi.

"Ebbing, Missuri çegarasidagi uç bilbord" kartinasidan skrinşot

Töqqizta nominatsiyada ğoliblik uçun kuraşgan kinokartina beş yönalişda tengsiz deb topildi. Eng yaxşi ayol roli uçun mukofotni 60 yoşli amerikalik aktrisa Frensis Makdormand qölga kiritdi, u uşbu kartinada boş qahramon obrazini gavdalantirgan. Ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak roli zobit Diksonni öynagan Sem Rokuellga nasib etdi. Film ssenariysi "Eng yaxşi original ssenariy" mukofotiga ega çiqdi.

Britaniya kino va televizion san'at akademiyasi – mustaqil xayriya taşkiloti bölib, u kinoni qöllab-quvvatlaydi, rivojlantiradi hamda tarğib etadi. BAFTA mukofoti Buyuk Britaniyaning eng nufuzli kinomukofoti hisoblanadi.