Rossiyaning Buryatiya respublikasida Özbekiston va Qirğizistondan ayollarni olib kelib, ularni fabrikada bepul işlaşga majbur qilgan şaxslar ustidan sud ötkazilmoqda.
Buryatiya prokurori örinbosari Talex Magomedov tomonidan Buryatiyada yaşovçi uç şaxs va Özbekiston fuqarosi bölgan ayolga nisbatan jinoiy iş yuzasidan ayblov xulosasi tasdiqlandi. Bu haqda Buryatiya prokuraturasi matbuot xizmatidan xabar berişgan.
Ular xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasida noqonuniy tarzda bölişini taşkillaştiriş va quldorlikda ayblanmoqda.
Tergovga köra, 2015 yilda ayblanuvçilar uyuşgan jinoiy guruh tarkibida 11 nafar xorijiy fuqaroning Rossiya hududida noqonuniy tarzda bölişini taşkillaştirişgan bölib, ularni Pribaykalsk tumanidagi Turuntayeva qişloği hududida joylaşgan işlab çiqariş bazalarining xöjalik binolariga joylaştirişgan.
Ma'lum bölişiça, 2016 yilning martidan iyul oyiga qadar körsatilgan guruh a'zolari öşa binolarda Özbekiston va Qirğizistonning 16 fuqarosini noqonuniy tarzda uşlab turişgan, ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini olib qöyişgan.
"Ruhiy va jismoniy zöravonlik qöllangan holda, yöl qöyilgan xatolar uçun qattiq jazolaş tizimi yordamida ularni töqimaçilik mahsuloti fabrikasida işlaşga majburlaşgan. Xorijiy fuqarolar bunday şaroitda işlarni bajarişdan boş tortişa olişmagan. Şu bilan birga, iş haqi deyarli tölanmagan, odamlar ovqat uçun işlaşgan", - deya ta'kidlab ötişgan Buryatiya Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmatidan.
Jinoiy iş materiallari Pribaykalsk tumani sudiga yuboriladi.







