Futbolda şaxsiyatlar juda köp. Yil ötgan sayin futbolçilarning mahoratlari oşib borayotgandek tasavvur uyğonsa-da, futbolda ijodkorlik yöqolib borayotgandek tuyulaveradi. Öz işining eng mohir ustalari yetib çiqayotgan bölsa ham, maydonda möjiza yaratadiganlar kamayib boraveradi. Valderama ketdi, Kantonani ançadan buyon körmaymiz, Zidan bilan xayrlaşdik. Yana bir qahramon borki, u bizni ertaklarga işontira olgan bölsa-da, faoliyati u qadar tekis keçmagan. Pastga qulaşlar, haqoratlar, jarohatlar, ammo u har safar nohaq ravişda jarlikka qulatilgan ertak qahramonlari singari köz öngimizda namoyon bölar va yana öşa öziniki bölgan çöqqini egallardi.
Maqola uçun sarlavha haqida juda köp öyladim. Çunki men Badjo haqida tölqinlanmasdan yoza olmasdim va sarlavhaning özidayoq öquvçini hayajonga solişini istagandim. Men Badjoning öyinlarini kuzatiş baxtiga muşarraf bölganman va aynan u tufayli Italiya futbolining jozibasiga, jahon çempionatlarining takrorlanmas sehriga oşufta bölganman. Öylab körsam, futbol uçun, muxlis uçun «Roberto Badjo» nomidan-da balandparvozroq sarlavhani topiş muşkul iş ekan.
U haqida futbolning vitse-qiroli Diyego Maradona şunday degandi:
- Men juda köp hujumçilarni kördim, ammo Badjoni takrorlay oladiganlarini uçratmadim.
Badjo faoliyatini yakunlagan «Breşia» murabbiyi Karletto Matssone:
- U Italiyaning eng ijodkor futbolçisi bölib qoladi. U Hatto Meatssa yoki Bonipertidan ham ustunroq edi, Maradona, Pele kabilar bilan bir qatorda tilga olinişga loyiq futbolçi edi. Agar tizzasidagi jarohati bölmaganda u dunyoning eng zöri bölardi.
U ön olti yoşida tizzasidan qattiq jarohat olgandi va şifokorlar unga futbol öynamaslikni maslahat berişgandi. Uning tizzasidagi oğriq öyin paytida doimo bezovta qilar va biror vosita bilan buni qoldirişning iloji yöq edi.
Roberto Badjo 1967 yilda Kaldono şaharçasida, oddiy oilada, oltinçi farzand bölib tavallud topdi. Uning dastlabki jamoasi xududning asosiysi «Viçensa» böldi. A seriyada esa u özining 19 yoşida «Fiorentina» klubida maydonga tuşdi. «Sampdoriya»ga qarşi keçgan debyut uçraşuvida florensiyaliklar ğalaba qozonişdi, ammo uçraşuvdan keyin ğalaba haqida emas, Badjoning navbatdagi jarohati haqida munozaralar boşlanib ketdi. Boş murabbiy Sven Goran Eriksson undan yorqin kelajak kutmagandi va «Çizena»ga sotib qutilişni ham öylagandi. Futbolçini himoya qiladiganlar topildi va Badjo heç kimni uyaltirib qöymadi. Aynan Florensiyada Badjo porladi, ayniqsa uning «Napoli» jamoasiga kiritgan goli barçani karaxt ahvolga solib qöygandi. Deyarli raqibning yarim futbolçilarini aldab ötib darvozani işğol qilgan Badjo haqida tinmay yoza boşladilar. «Maradona jamoasiga Maradona usulida gol» – sarlavhalari Italiya gazetalarining muqovalaridan joy oldi. U «Fiorentina»da beş mavsum öynadi va 94 uçraşuvda maydonga tuşib, 39ta golga mualliflik qildi.
Mavzuga oid
1990 yilda esa «Yuventus»ga öşa paytlar uçun rekord summa – 17 millionga sotib yuborildi.
Ötgan asrning sönggi ön yilligining boşlanişi Italiyada juda katta hayajon va intiqlik bilan kutilardi. Italiya maydonlarida ötadigan navbatdagi jahon çempionatida Badjodan ham köp narsa kutişardi. Roberto öşa çempionatda özini körsatdi, ammo kutilganidek porlamadi. Avstriya bilan keçgan dastlabki bahsda ikkinçi bölimda maydonga tuşib hal qiluvçi töpni kiritgan Skilaççining soyasida qolib ketdi. Şunday bölsa-da uning Çexoslavakiya darvozasiga kiritgan ajoyib goli yoş yulduzning kelajagi haqida ijobiy başoratga zamin yaratardi. Pley-off bosqiçida Skilaççi bilan juftlikda yaxşi öyin körsatgan bölsa-da, murabbiy Viçini uni yarim final bahsida faqat zaxiradan maydonga tuşirdi. Bu harakatni u Badjoning çarçab qolganligi bilan izohladi va bu mağlubiyatga olib keldi.
- Qanaqa çarçaş, - tutaqib ketgandi Roberto, - men 23 yoşdaman va öşa kuni maydonga tuşib hatto maysalarni ğajişga ham tayyor edim.
Uçinçi örin uçun keçgan bahsda Roberto yana bir gol kiritadi va terma jamoasining ğalabasini ta'minlaydi.
Uning keyingi mundiali, AQŞ da esa Badjo faoliyatining çöqqisi va bu çöqqidan qanday yiqilişini tomoşa qilgandik. U qulamagandi, balki uni qulatişgandi. Buyuklarning xatosi naqadar buyuk bölişini öşa 17 iyul oqşomida yana bir bor his qilgandik.
Badjo çempionatga Yevropaning va dunyoning eng yaxşi futbolçisi sifatida taşrif buyurdi. Italiya terma jamoasi turnirni mağlubiyat bilan boşladi (Irlandiya 0:1). Keyin durang va sönggi turga kelibgina ğalabaga erişildi. Jamoa tarkibida Badjo ham unçalik sezilmasdi va hatto «Yuve» prezidenti Jovanni Anelli unga «ivigan quyonça» deb ta'rif bergandi. Pley-offda esa u hammani jim qildi. U şunday öyin körsatdiki, butun Italiya uning poyiga tiz çökişga tayyor holatga keldi.
1/8 final. Nigeriya - Italiya. Jismonan baquvvat va texnik futbolçilardan taşkil topgan afrikaliklar taşabbusni qölga oldilar, Amunike hisobni oçdi. Buning ustiga Zola qizil kartoçka olib maydonnni tark etdi. 89-daqiqa. Palyuka yiğlaşga tayyor, Barezi Nigeriya hujumlarini oxirgi kuçi bilan qaytarmoqda va ana şunda Roberto katta sahnaga çiqdi. Qandaydir vaziyatda u töpni egalladi va bitta harakat bilan töpni darvozaga joylab qöydi. Qöşimça vaqtda esa ğalaba töpiga mualliflik qildi.
1/4 final. Raqib öşa çempionatga katta niyatlarda kelgan va nimçorak finalda yirik ğalabani qölga kiritgan Ispaniya terma jamoasi. Hisob 1:1 va barça qöşimça vaqtni kutib ötirgan pallada yana Badjo gol kiritadi.
Yarim final. Stoiçkov boşçiligidagi bolgarlar 90 daqiqa nemislarning asabiga öynab ğalabani yulqib ketişadi va Italiya qarşisiga ajoyib kayfiyatda çiqişadi. Yana Badjo. U dastlabki daqiqalardayoq dublga erişib, aslida finalga kim loyiqligini körsatib qöyadi.
Final. Braziliya-Italiya. Jarohatlangan bölişiga qaramay Badjo maydonga tuşadi va 120 daqiqa maydonda harakat qiladi. Fojia penaltilar seriyasida röy beradi. Italiyaliklarning sönggi zarbasini Roberto amalga oşiradi va...
Soniya ötib Badjo futbolkasi bilan yuzini berkitib turar, braziliyaliklar esa törtinçi çempionlikni nişonlar edilar.
Badjo bu mağlubiyatga sababçimidi? Yöq, aslo! Roberto Italiya terma jamoasining mana şu yerga yelkasida olib çiqqandi. Badjoning Italiya terma jamoasini oltin medalsiz qoldirgani haqida ayuhannos solayotganlar usiz öşa terma jamoa kumuş medalga ham loyiq emasligini idrok qilişni xohlamas edilar. Aslida u bir zarba bilan ikkita gol kirita olmasdi, u xatoga yöl qöymaganda ham raqib keyingi zarbani aniq yöllasa ğalaba qozonardi. Mossaro va Barezi ungaça xato qilib bölgandi. Ammo... JÇ-94 ni ajoyib ötkazgan Roberto faqat öşa penalti e'tibori bilan eslanadigan böldi. Hatto uning xatosini buddizmga berilib ketganiga boğladilar.
- Men Budda emasman, insonman, - deb izohladi Badjo, - musulmonlar va xristianlar penaltini bexato bajarişadimi?
Unga millat duşmanidek munosabatda böldilar. A seriyadagi öyinlari qovuşmadi. «Yuventus» tarkibida yangi yulduz – Del Pero paydo böla boşlagandi. «Milan»ga transfer qilindi. Muvaffaqiyatsiz çiqdi. «Bolonya»ga ötdi.
Yana eski Badjo qayta boşladi. Sababi... Sababi navbatdagi mundial yaqinlaşib kelardi. Badjo esa jahon çempionatlari uçun yaratilgandek edi, göyo. Hatto bir telejurnalist JÇ-98dan söng şunday degandi:
- Moziydagi Badjosiz mundiallar qanday ötganligi haqida hozir tasavvur qila olmayman, afsuski kelajakda yana şunday çempionatlar köp böladi va uni tomoşa qiladigan muxlislarga açinişdan boşqa çoram yöq.
JÇ-98da u Çili terma jamoasi darvozasiga penaltidan töp kiritdi va Italiya futboli tarixida uçta jahon çempionatida gol kiritgan futbolçi sifatida tarixdan joy oldi. Fransiyadagi jahon çempionatida u yana bir bor barçani ajablantirdi. AQŞdagi xatodan söng, yana penalti nuqtasiga yaqinlaşdi. Çiliga qarşi uçraşuvda tepgan penaltisini tuşuniş mumkin, bosim oz, guruh bosqiçi edi. Çorak finaldagi maydon egalari bilan bahsdagi penaltilar seriyasida iştirok etgani esa uning kuçli ruhiyatli inson ekanligini ifodalaydi.
- AQŞ da bitta xato qildim va yurtim mağlub böldi. Öşa penaltini tört yil içida bir kun ham unutmadim, öşa hissiyotni har kun boşimdan ötkazdim. Tört yil ötib yana şunday penalti tepiş imkoniyati tanladim. Neça kişi mening gol urişimga işonmaganliklarini heç qaçon bila olmayman, ammo men uçun muhimi özim işonardim. Ötmişning xatolari kelajak uçun tajribadir. Yölda davom etaman.
Bu Badjoningsözlari edi. Uning bu harakati nafaqat futbol olamida, balki öziga bölgan işonçga muhtoj bölgan hammaga yöl körsatdi. Yakob Aagard özining «Şaxmatda mukammallikka intiliş» kitobining ilk boblaridan birida muallif kuçli bosim ostida qanday harakat qiliş kerakligini tuşuntiradi va misol tariqasida Roberto Badjo voqeasini misol keltiradi.
Öşa çempionatda Italiya u qadar nurli öyin körsatmadi. Çunki Çezare Maldini jamoa yetakçisini aniqlay olmagandi: u ba'zan Badjoni, ba'zan Del Peroni asosiy tarkibga tuşirardi. Badjoning yagona kamçiligi esa, agar barça unga yetakçi sifatida işonç bildirmasa, bor imkoniyatlarini oça olmasdi. Bu jihati bilan u fransiyalik afsungar Zinedin Zidanga öxşab ketardi. U mana şu nuqson tufayli «Inter»da ham muvaffaqiyat qozona olmadi. U JÇ-98dan söng Ronaldo va Samaranoga şerik sifatida «Inter»ga olib kelingan va Moratti tomonidan «transfer beş yil keçikib bölsa-da amalga oşirildi» deb quvvatlangan bölsa-da, u yerda porlay olmadi.
U endigina unutila boşlagan paytda esa «Breşia»ga ötdi. «Tangri kelyapti» – breşialiklarn uni mana şunday kutib olişgandi. JÇ-2002 yaqinlaşib kelardi va Badjo yana öynay boşladi, u öynay boşlaganda nimalar bölişini tasavvur qiliş oson. Butun tiffozi terma jamoa murabbiyi Trappatonniga Badjoni JÇga olib ketişni talab qilib namoyişlar uyuştira boşladi, internetda sörovnomalar ötkazildi. Köpçilikning aytişiça, butun millat faqat Musollini davridagina mana şunday yakdil fikrlagan ekan. Ammo Trappatoni uni olib ketmadi. Uning fikriça, «Breşia»ning saviyasi terma jamoa uçun past edi. Italiya JÇdan şarmanda bölib qaytdi va asosiy aybdor sifatida boş murabbiyni tilga oldilar. Yetakçilikni qöliga olişi kerak bölgan Totti heç qaçon Badjo böla olmasligini körsatdi.
Uning futboldan ketişi ham gözal böldi. A Seriyadagi özining sönggi mavsumini 37 yoşida ötkazgan Badjo 12ta gol kiritdi va 13ta golga asissentlik qildi, u bu borada faqatgina Tottidan ortda qolgandi. 25-turda esa u özining sönggi golini «Parma» darvozasiga ajoyib tarzda kiritdi.
«Bu gol ikki tomonlama tuyğu uyğotadi. Bir tomondan bu gözallik va yengillik iskanjasida hayratda qolasan, boşqa tomondan esa bunday gözal futbol öz örnini kuç va qöpollikdan taşkil topgan zamonaviy futbolga böşatib berayotganligidan afsuslanasan».
«Gadzetta de la Sport» uning bu golini şunday izohlagandi.
U Italiyaning eng maşhur törttala klubida («Yuventus», «Inter», «Milan», «Bolonya») safida öynagan yagona futbolçi böldi. Ammo uning qalbi baribir «Fiorentina»ga tegişli edi. Bir marta «Yuventus» – «Fiorentina» uçraşuvida hakam tomonidan belgilangan penaltini tepişni istamagandi. Jamoadoşi penaltini amalga oşira olmagaç, murabbiyning jahli çiqadi va uni almaştiradi. Yeçiniş xonasiga ketayotganda florensiyalik muxlis u tomonga klub ramzi bulgan şarfni otadi va Badjo uni böyniga boğlab oladi. Keyinçalik u boşqa klublar safida ham Florensiyada maydonga tuşganda böyniga «Fiorentina» ramzini taqib olardi.
Men uni yulduz sifatida Papendan ustun deb bilaman. Çunki u faqat gol uruvçi emas edi, juda köp vaziyatlarda şeriklarini qöllab-quvvatlardi. Maydonni nazorat qila olardi. Platini u haqida «uni 9 raqamlilar toifasiga ham. 10-lar toifasiga ham kirita olmaysiz. U 9.5-toifadagi futbolçi edi», degandi.
Men uning futbolçi sifatida Romariodan ham ortiqligini his qilaman. U kuçli jamoada kuçli öynaydigan emas, bir özi butun jamoani çempion qila oladigan futbolçilar toifasidan edi.
U yetakçi sifatida Zidandan ham zör, mening ölçovimda. Zidan jamoasining yetakçisi edi, ammo JÇ-2006 finalida jamoani oğir ahvolga solib qöydi. Buni Roberto heç qaçon qilmasdi.
U inson sifatida Stoiçkovdan yaxşiroq. Bolgariyalik futbolçiga öxşab yulduzligidan foydalanişga harakat qilmasdi, «menga mumkin» degan fikr keçmasdi xayolidan. U doim oddiy inson bölib qolişni xohlardi va faqatgina maydonda durdona yaratişga harakat qilardi.
«Yillar ötadi, muxlislar muhabbatini mendan yaxşiroq bölgan boşqa futbolçilar egallaşi tabiiy. Ammo ikkinçi Maradona yoki van Basten bölmaganidek, ikkinçi Badjo ham bölmaydi. Har kimning futbolda va hayotda öz yöli mavjud. Mening baxtim şundaki, özimga zavq beradigan kasb bilan şuğullandim. Menga Tangrim insonlar muhabbatini qozona oladigan qobiliyat ato etdi va men bundan töliq foydalandim. Men futbolga bor kuçimni va imkoniyatimni sarfladim va bu jihatdan mening vijdonim pok». (Roberto Badjo).
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi