90-yillar futbolida öta kuçli iqtidor egalari töp tepişgan. Maradona, Matteus, Romario, van Basten, Gullit, Şuker, Stoiçkov, Vea, Kanu, Ronaldo... va dekada oxirlab borayotganda Zidan!
Ular içida Roberto Badjo butkul boşqaça figura. U yuqoridagilardan nimasi bilan ajralib turişi borasida köp va xöp yozilgan. Şu kunlarda 52 yoşga tölgan afsona haqida faqat badiiy film suratga oliş qoldi, oçiği. Taxminim böyiça u quyidagiça ssenariy ostida bölsa, töğriroq çiqadi.
37 yoşida örtamiyona «Breşia» tarkibida tinimsiz gol urayotgan va butun Italiyani hayratlantirayotgan Badjo siymosining katta plani...
Bu nigoh orqali uzunsoç dunyo ahlini rozi qilgani ma'lum böladi. U futbolda öziga haykal örnatib bölganini tuşuntirmoqda. U şunday nigohki, köz öngida skuadro adzurra libosi fonida butun hayoti lentaga tizilib ötib ketadi.
«300» degan katta yozuv namoyiş etiladi «Breşia»-«Pyaçensa» öyinida. Roberto 2002 yilning 16 dekabrida özining yubiley – 300-golini raqib darvozasiga yöllayotgani ma'lum böladi hammaga.
Badjoni tanimaydigan muxlis darhol film qahramoni öta katta şaxs ekanini payqaydi. Har holda, faoliyati davomida şunça gol urgan odam oddiy inson bölmaydi. Yiğlayotganini tuşuna olmaydi faqat: «Köz yoşlar sababi nima ekan?» deganida, film «yoşarayotgan Badjo»ni öşa yilgi mundial ostonasiga yetaklab ketadi.
2002 yilning bahori. Osiyoda ötkazilgan jahon çempionati oldidan hammayoqda şov-şuv: «A Seriyani titratayotgan yulduz öz faoliyatida ilk marta mundialni ötkazib yubormoqda!» Iya, bu qanaqasi, deydi olomon. Italiya terma jamoasi Janubiy Koreya va Yaponiya zaminiga Badjosiz yöl olmoqda. Sababini murabbiy oddiy qilib: «Futbolçining yoşi va öynayotgan jamoasi saviyasi» deb tuşuntiradi. Badjoning fonida termani musobaqaga olib ketayotgan Tottining ojiz qiyofasi...
Bu turnir moviy gvardiyaçilar uçun neçoğliq oğir kelişini guruh öyinlari tasvirlari tuşuntirgan böladi.
Filmni tomoşa qilayotgan yoş muxlis baribir qahramonning asl darajasini belgilaşda qiynaladi. Hay, 300ta gol urgan zör öyinçidir, ammo qariyaligi rost-ku, 35 yoşda turnirga boradiganlar kam-ku, deb hayratini içiga yaşira olmayotgan böladi. Uning kimligi keyingi planlarda öz aksini topadi:
1998 yilgi jahon kubogi. Mundialdan oldin del Pero degan yoş yulduzning porlab çiqqani tufayli murabbiylar Badjoni oliş kerakmi yo yöqmi, deb maslahat qilib ötirişgani tasviri ketadi.
Mavzuga oid
– Oliş kerak, «Bolonya»dek örtamiyonani bir özi yelkasida kötarib yurgani yetmaganidek, yarim yildayoq avvalgi formasini tiklab olganini hamma kördi-ku, qanday qilib olmaymiz? – deb jingalak soçli murabbiy faktlarni yoğdirib taşlaydi.
Boşlar egik – ilojsiz holda Badjo terma jamoaga taklif etiladi.
Musobaqaning har bir öyini, holati, qahramonimizning «tişsiz hujumçi» nomini olgan Aleks örniga maydonga tuşib, qandaydir yarim bölim içida öyin masalasini hal qilib taşlayotganini köraverib film tomoşabini, bu insonning öta mahoratli va möjizaga undovçi yulduz ekanini asta-sekinlik bilan bölsa-da, ilğay boşlaydi.
Va nihoyat penaltilar seriyasidagi kadr. Pley-off. Italiya turnir mezboni Fransiya bilan durang öynab, ğolib masalasini «yovuz lotereya»da hal etmoqda.
Birinçi bölib töpga Badjo yaqinlaşadi. Penalti tepayotgan payti köz öngida bir toğ paydo böladi va unga tipratikanga öxşab oqib kelayotgan sonsiz penaltilar yoğiladi. U ana şu tikanli maxluqotlarni ustidan qoqib taşlaşga, ularning hujumidan çiqib ketişga urinaveradi... va oxiri çiqib ham ketadi. Bu paytda esa, butun stadion uni olqişlayotgan, tepgan töpi darvoza töri içida aylanib yurgan böladi.
Zarbasi golga aylanib, ortga qaytayotganida, közlari yoşlanadi. Dunyo ostun-ustun bölib ketgandek tasavvur paydo böladi. Italiya terma jamoasi garçi seriyada yengilgan bölsa-da, Badjo nigohidagi mamnuniyat sababini muxlis u qadar tuşunmasa, davomidan keladigan tasvir hammasiga oydinlik kiritadi:
Filmning kulminatsion nuqtasi: Roberto Badjo AQŞ-94da final keçasida penaltilar seriyasida iştirok etmoqda. Ungaça italiyaliklar ikki noaniq zarba yöllab bölişgan. Skuadro adzurraning oxirgi zarbasini amalga oşiriş uçun qahramonimiz nuqtaga qarab ketmoqda. Borayotgan payti kadr sekinlaşadi va xayolidan bir nimalar öta boşlaydi:
Bolgariya deb atalmiş yangi qahramonlarning ertagiga bir özi nuqta qöygani...
Finalgaça butun Italiya uning yelkasiga osilib çiqqani...
Zarba berilar ekan, hayotining har bir daqiqasi tezlaştirilgan kadrda ötib ketadi.
Noaniq zarba va uning atrofida Braziliya yigitlari çempionlikni nişonlamoqdalar...
Italiya terma jamoasi uyiga qaytadi. Hamma ayb bitta insonga yuklatiladi, matbuot ahli sönggi zarbani noaniq yöllagan qahramon haqida gapirardi faqat. Roberto Badjo ruhan singan, atrofida nimalar bölayotganini u qadar anglay olmasdi. Dahşatning özginasi.
Filmni tomoşa qilayotgan muxlisga yanada tuşunarli bölişi uçun penalti haqida gap boradi.
Badjodan jurnalist söramoqda:
– Siz şu nuqtaga yaqinlaşayotganingizda noaniq zarba yöllab qöysangiz, nimalar bölişini tasavvur qilganmidingiz?
Robi javob beradi: – Yöq, men gol uraman deb bordim, boşqa narsani öylay olmasdim.
– Endi-çi?
Javob: – Nima öylaşni bilmayapman.
– Roberto, siz şu penaltidan boşqa yana qaçon gol ura olmagandingiz?
Badjo: – Heç qaçon. Bundan boşqa bölganida buning qiymatidan yuqoriroq bölarmidi?
– Endi faoliyatingiz nima böladi?
Javob: – Bilmadim.
– Siz bu turnirga dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölib kelgandingiz, esingizda bormi?
Badjo: - Ha, hozir eng yomoniman...
1993 yil. Roberto Badjo «Yuventus» libosida gollarni qalaştirmoqda va oxiri «Oltin töp»ni boşi uzra kötarmoqda.
1990 yil. Italiyada ötkazilgan jahon çempionatida u ilk bora mundialda qatnaşiş uçun tayyorgarlik körmoqda. Közlarida olov. Yoş Robining harakatlari dunyo ahlini şoşirib qöyadi. Italiya terma jamoasi yarim finalda Argentinaga qarşi öynamoqda va Badjo maydonda Maradonaga qarşi munosib raqibligini namoyiş etmoqda.
Penaltilar seriyasi. Badjo nuqtaga kulib yaqinlaşmoqda. Zarba va gol!
Boyagi jurnalist (yoşroq körinişda) Badjodan intervyu olmoqda:
– Roberto, Italiya yutqazgan bölsa-da, siz maydonda butkul zör edingiz? Maradonadan çöçimadingizmi?
– Yöq.
– Penaltilar seriyasida ham boşqalarga qaraganda işonçliroq edingiz. Buning sababi nima?
– Bilmasam, men penaltidan qörqmayman.
– Keyingi mundialda Italiya qanday iştirok etadi, deb öylaysiz?
– Çempion böladi.
1990 yilning bahori. Roberto Badjo «Fiorentina»dan «Yuventus»ga rekord summaga – 25 milliard lira evaziga transfer bölmoqda.
1985 yil. Florensiya ahli yoş iqtidor egasini qarşi olmoqda. Uzunsoç matbuot ahli bilan anjumanda. Savol-javoblar:
– Siz endigina 18 yoşga kirdingiz. Lekin öyiningizda katta yoşlilarning salobati bor. Bu qadar işonç sizga qayerdan kelgan?
– Men töpni sevaman, şunga bölsa kerak.
– Roberto, nega aynan Florensiya klubini tanladingiz?
– Bu şahar menga yoqadi.
– Ayni daqiqalarda sizni qiynayotgan muammo nima?
– Tizzamdagi jarohat.
– Qanaqa jarohat?
Hamma hayratlanadi. Matbuot anjumani yakunlanadi.
Oxirgi kadrda bugungi Badjoning qiyofasi va u nevaralariga hikoya qilib ötirgan holati.
Kiçikroq bolasi söraydi:
– Öşa jarohat oğirmidi, bobo?
– Ha, men Florensiyaga kelişdan bir yil oldin muolajaga yotgandim. 17 yoşli yigit edim. Onam tepamda turgan. Juda oğir bölgan menga. Futbolni taşlaş maslahati ham berilgan. Lekin men oyoqqa turoldim va bir yildayoq yana maydonga qaytdim. Futbol oğir öyin, tizza jarohati esa, umrbod sizni ta'qib etişi mumkin, deyişdi, mening javobim bir xil edi: Ha, nima qilardim, çidayman-da... Çidadim!
Soç-saqoli oqargan Roberto örnidan turmoqçi böladi. Tizza oğriğidan zör-bazör qözğaladi. Jajji bolakaylar unga yordam berişga tuşadilar.
– Özim turaman, - deydi Badjo. Hamma uning örnidan zörğa turib olganiga qarab turadi.
Roberto bolalarga qarab hazillaşadi:
– Men doim şunday turganman. Birov yordam bermagan.
Sekin xonadan çiqib ketar ekan, bolalarga qarab şunday deydi:
– Bir umr tizza oğriği bilan futbol öynagan bölsam-da, bu oğriq menga lazzat berardi. Bu lazzatga bora-bora örganib ham qoldim. Hozir ba'zi futbolçilarga qarab hayron qolaman: ikki oyoğing butun böla turib, nega yugurmaysan, nega rohatlanib öynamaysan, deb.
Qariya Badjo çiqib ketadi.
Taşqarida kiçik futbol maydonçasi. Bolalarning eng kiçigi yugurib borib darvozaga turib oladi. Roberto töpni penalti nuqtasiga qöyadi va bolakayga tikilib qarab qoladi.
– Men Taffarel bölaman, bobo. Siz Badjo bölasiz. Teping-çi...
Mening tasavvurimdagi film şu. Oxirigaça körgan bölsangiz, sizga ham ma'qul keldi, deb öylayman. Balki Badjo siymosi haqida boşqaçaroq – yunon eposlariga öxşaş film oliş kerakdir. Buyoğini kinoijodkorlarga qöyib beramiz. Bizning nigohimizdagi Roberto mana şunday bölib qolaveradi. Salomat bölinglar!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi