Ispaniya çempionatining 24-turida «Real» «Betis»ni yengdi. «Benito Vilyamarin» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 5:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Gollardan birini «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu urdi. Bu gol portugaliyalik futbolçi uçun «Real» safida 264-uçraşuvda gol urişi böldi. Şu tariqa, «Real» safida golli uçraşuvlar soni böyiça Ronaldu jamoaning sobiq futbolçisi Raul bilan tenglaşib oldi. Raul şu vaqtgaça bu borada klubning mutlaq rekordçisi sanalardi.
Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon töp surib kelmoqda. U klub uçun şu vaqtgaça 423 uçraşuvda 431 gol urgan. Raul madridliklar safida 1994 yildan 2010 yilga qadar 738 öyinda maydonga tuşgan va 322 gol urgan.












