Şveytsariyalik afsonaviy tennisçi Rojyer Federer ATPֹ’ning Rotterdamdagi musobaqasi ğolibi böldi.

Musobaqada 1-raqamli tennisçi sifatida harakat qilgan Federer finalda bolgariyalik Grigor Dimitrovni (2-raqamli tennisçi) 6:2, 6:2 hisobida mağlub etdi.

19 fevralda Federer ispaniyalik Rafael Nadalni “taxt”dan tuşirib, ATP reytingining eng yoşi uluğ yetakçisiga aylanadi. 

16 fevralda tennisçi musobaqaning çorak finalida uçta setda niderlandiyalik Robin Xasni mağlub etgaç, 19 fevralda e'lon qilinadigan ATP’ning yangi reytingida öziga eng yuqori poğonani kafolatlab qöygandi. Şu tufayli tennisçiga “Tarixdagi eng keksa 1-raqamli” unvoni topşirildi.

Federer umumiy hisobda ATP’ning 97 ta musobaqasida ğolib bölgan. U, jumladan, “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalarning 20 karra ğolibi hisoblanadi.