Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtomobillarni ijaraga beruvchi Rent-Car markazi ish boshlaydi
O‘zbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilingan turizmni rivojlantirishga doir qarorlari ijrosi doirasida xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda avtomobillarni ijaraga beruvchi Rent-Car servisini tashkil qilish bilan bog‘liq ishlar boshlandi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Ishbilarmonlar loyihaga katta qiziqish bildirishdi va bu yo‘nalishda muayyan namunalar tayyorlangan. Mazkur xizmat turi Buxoro bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Xorazm va boshqa turistik markazlarda tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Avtomobillar ijarasi muayyan muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) haydovchisiz avtomobilni berishni ko‘zda tutadi. Ijarani rasmiylashtirish uchun pasportdan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasi ham kerak bo‘ladi.
Mazkur xizmat turidan ham O‘zbekiston fuqarolari, ham chet elliklar foydalanishi mumkin. 2018 yilning 3 fevralida qabul qilingan "Ichki turizmni tezkor rivojlantirishga doir chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi 5326-sonli qaror shundan dalolat beradi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026