KUN.UZ tahririyati kelib tuşgan murojaatlar asosida Jizzax viloyatiga safar uyuştirdi. Mazkur safar davomida aholini qiynab kelayotgan turli muammolar örganildi, şu bilan birga, mazkur murojaatlar yuzasidan viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Ergaş Saliyev bilan suhbatlaşildi.
Ergaş Saliyev viloyatning içki va magistral yöllaridagi holat haqida töxtalib ötar ekan, şunday dedi:
- Yöllar qilinyapti. Biz bu sohada ötgan yilgiga qaraganda 40 foiz qöşimça hajmdagi işlarni bajarişni rejalaştirganmiz. Toki biz yöl qurilişida ekspluatatsiyani töğri yölga qöya olmas ekanmiz, bajarilgan işlar samarasiz ketaveradi. Masalan, Arnasoyda markaziy yöl qilindi, biroq şu yöl ham buzildi. Sifatsiz qilingani uçun emas. Yöldan foydalaniş qonun-qoidalari bor. Masalan buğdoy taşişga möljallangan maşinalar ustiga toş ortib, u yöllardan ötib ketişyapti, bu esa yöllarning yaroqsiz holga kelib qolişiga sabab bölmoqda.
Albatta, yildan yilga özgarişlar bölmoqda. 20 yil oldingi Jizzax yöllari bilan hozirgi yöllar orasidagi farq yer bilan osmonçalik. Bundan taşqari, Tojikiston Respublikasi bilan çegarada ikkita yangi post quriliş işlari ketmoqda va undagi yöllar sifati ham yaxşilanmoqda.
Yöl böldi, degani masala hal böldi, degani emas. Oradan beş-olti yil ötib uni ta'mirlaş kerak, ustiga yana qatlam yotqiziş kerak... Aytmoqçimanki, bu heç qaçon tugamaydigan jarayon. Oçiq aytadigan bölsak, viloyat içki yöllarini töla ta'mirlaşga beş-olti yilda erişişni rejalaştirganmiz.










